Kardiologlar orasida şunday hazil bor: «Infarktning birinçi belgisi köp hollarda infarktning özidir». Lekin baxtimizga bu mutlaqo notöğri. Aslida organizm bizga katta muammolarni oldini oliş uçun kiçik körsatmalar beradi. Muhimi ularni payqay olişdir. Quloqdagi mayda ajin, zörğa seziluvçi oq nuqtalar yoki keraksiz esnoq noodatiy bölişi va bir qaraşda xavfsiz tuyulişi mumkin. Ammo aynan ular kasallikni ilk bosqiçlarda aniqlaş va davolaşga öz hissasini qöşadi.

1. Teri özgarişlari

Qovoq, yonboş, tirsak yoki tizza sohalaridagi mayda yoğli doğlar ksantomalar deb ataladi va xavfsiz hisoblanadi. Agar ularning miqdori oşib ketsa, tanadagi xolesterin miqdori ham haddan oşgani, qon tomirlari ularni özida uşlab siğdira ololmay, ortiqçalik qilganlarini teri ostiga çiqarişni boşlaganidan darak beradi. Bundan kelib çiqadiki, tomirlarning özi zudlik bilan yordamga muhtoj: katta ehtimol bilan ular allaqaçon yurak bilan boğliq katta muammolar keltirib çiqaruvçi ateroskleroz bilan kasallangan bölişi mumkin.

2. Faol jismoniy maşq paytida esnaş

Tanamiz terlaganda uning harorati teri ustki qavatidagi namlikning buğlanişi hisobiga soviydi. Şuningdek, sovişning boşqa yöllari ham mavjud: esnoq, uning davomiyligida tana kislorodga töyinadi va boşdagi harorat tuşadi. Termoregulyatsiyaning tabiiy mexanizmlari öz vazifasini bajarişda nuqsonlarga duç kelsa, biz sport bilan şuğullaniş paytida ham esnaşimiz mumkin. Nuqsonlarning sabablari turliça va ulardan biri yaşirin yurak kasallanişidir.

3. Oğiz böşliğining noxuş hidi

Milk yalliğlanişi yoki parodontoz oğizdan noxuş hid kelişiga va hattoki tiş tökilişiga olib kelişi mumkin. Amerikalik olimlarning yangi tadqiqotlari milk va yurak kasalliklari örtasida özaro boğliqlik borligini ta'kidlamoqda. Muammo şundaki, milklarni yalliğlantirgan bakteriyalar yurak-qon tomir tizimiga tuşişi va u yerda ham yalliğlanişni keng yoyişi mumkin. Parodontoz bilan oğrigan bemorlarda yurak kasalligiga uçraş xavfi 20 foizga yuqori. Şu sababli stomatologdan qançalik qörqmang, uning qabuliga boriş muddatingizni ötkazib yubormasligingiz kerak.