Google Maps rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Foto: Business Insider
Google Maps rahbari Jyen Fitspatrik O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘qon shahri hokimligi o‘z Telegram-kanalida ma'lum qildi.
Shahar ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, Fitspatrik shaharga Xalqaro xalq-amaliy san'ati festivali doirasida keladi.
Mehmon tashrifi doirasida shaharning diqqatga sazovor joylari va tarixiy yodgorliklariga tashrif buyurib, ular haqidagi ma'lumotlarning Google xaritalariga kiritilishida yordam ko‘rsatadi.
“Bu festival mehmonlari, keyinchalik esa sayyohlarga Qo‘qonda mo‘ljalni yaxshiroq olishda yordam beradi”, deyilgan xabarda.
Fitspatrik Google’ga 1999 yilda kelgan va kompaniyaning birinchi ayol muhandislaridanֹ biri bo‘lgan. Bir nechta patentlarga ega, AdWords, News Google, Google Search Appliance kabi mahsulotlar uchun dasturiy ta'minotni yaratishga boshchilik qilgan.
2014 yilda Google’ning Geo bo‘yicha vitse-prezidenti bo‘lgan, bu esa uning Google Maps va Local jamoalariga rahbarlik qilishini anglatadi. Bu xizmatlardan bugunda milliarddan ko‘proq odam foydalanadi.
Mavzuga oid

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj

22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

12:03 / 04.04.2025