Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Golunovni qo‘llab-quvvatlovchilar marsh o‘tkazishdi. Navalniy va yana yuzlab kishilar qo‘lga olindi
12 iyun kuni Moskvada «Meduza» jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlab, marsh o‘tkazildi. Poytaxt politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ruxsat etilmagan aksiyada 1200 nafardan ortiq kishi ishtirok etgan, 200dan ortiq kishi qo‘lga olingan. «OVD-Info» xabariga ko‘ra esa qo‘lga olinganlar soni 400 nafardan ortiq, ular orasida jurnalistlar, shuningdek, muxolifatchi Aleksey Navalniy ham bor.
Marsh avvalida «Chistyye prudy» metro stansiyasi oldida yuzlab kishilar yig‘ilgan. Ular orasida Aleksey Navalniy, «Levyy front» harakati koordinatori Sergey Udalsov, politolog Gleb Pavlovskiy, yozuvchi Grigoriy Oster bo‘lgan.
Politsiya avval ularni tarqalishga chaqirgan, ko‘p o‘tmasdan qo‘lga olish ishlari boshlangan.
Dastlab «Meduza» jurnalistlari Ilya Jyegulev va Andrey Persev, «Dojd» telekanali muxbiri Vasiliy Polonskiy, «MBX media» bosh muharriri Veronika Kutsillo, «Vedomosti» muxbiri Vitaliy Petlevoy, «Exo Moskva» xodimi Yevgeniya Snegovani qo‘lga olishgan.
Navalniyni ham ushlashgan, unga 30 kunlik qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

Aksiya ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, avvaliga kimning libosida Golunovni qo‘llab-quvvatlash haqidagi belgi yoki yozuv («Ya/My Ivan Golunov») bo‘lsa, ularni qo‘lga olishni boshlashgan.

Politsiya yo‘llarni to‘sgan va aksiya ishtirokchilarini o‘rab olgan.
Aksiya tashkilotchilaridan biri, «Meduza» jurnalisti Yevgeniy Bergani vitse-mer Aleksandr Gorbenko bilan telefon orqali muloqot qilayotgan vaqtda (u amaldorning miting bo‘yicha savollariga javob berayotgan bo‘lgan) qo‘lga olishgan.
«Ivan Golunovni qo‘yib yuborishdi. Bu yaxshi, ajoyib, klass. Ivan Golunov ozodligi uchun marshdan uch maqsad bor edi. Narkotikni kim tashlab qo‘yganini topish yetarlimas. Asosiysi, kim buyurtma qilgan va tashkillashtirganini aniqlashimiz kerak. Hukumat esa bu ishni bosdi-bosdi qilmasligi kerak», degan marshning yana bir tashkilotchisi, «Novaya gazeta» jurnalisti Ilya Azar. Uni ham «marosimni tashkillashtirish qoidalarini buzgani» uchun qo‘lga olishgan.
Mavzuga oid
09:45 / 10.12.2022
Jurnalist Golunov Rossiya IIVdan 1,5 mln rubl undirdi
16:10 / 13.06.2019
Putin Golunov ishi mojarosi ortidan ikki generalni ishdan bo‘shatdi
23:19 / 12.06.2019
«Putin 1 soat ro‘paramda o‘tirdi» - Kremlga Golunovni qo‘llovchi futbolkada kirgan qiz ichkarida nimalar bo‘lganini so‘zlab berdi
20:00 / 11.06.2019