Safoyev: «eski tizim» amaldorlari iqtisodiyotni boshqarishni qo‘ldan chiqargisi kelmayapti
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirishni jadallashtirish kerak deb hisoblaydi. Shu bilan birga, uning aytishicha, hukumatda iqtisodiyot sohasida davlat nazoratini saqlab qolishni istaydigan odamlar hali ham bor.
«Avvalgi tizimda o‘sgan amaldorlar iqtisodiyotni boshqarishni qo‘ldan chiqarishni xohlashmayapti», – dedi Safoyev Toshkentdagi CAMCA (Central Asia-Mongolia-Caucasus-Afghanistan) 6-mintaqaviy forumi ochilishida.
Senatorning qayd etishicha, O‘zbekiston ikki yil ilgari olamshumul islohotlarni amalga oshirishni boshladi. Uning fikricha, hukumat davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklashi, uni liberallashtirishni davom ettirishi va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashi lozim.
«O‘zbekiston hukumati ortga qaytib bo‘lmaydigan yo‘l tanladi va bu islohotlar jadallashishi darkor», – deb ta'kidladi Safoyev.
Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z natijasini bera boshladi. Senator xorijiy investitsiyalar kiritilishi 13%ga o‘sganini qayd etdi. Bundan tashqari, hukumatda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Uning tarkibiga O‘zbekiston va jahonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bo‘lgan yosh, faol kadrlar kirdi, deb qo‘shib qo‘ydi siyosatchi.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
18:02 / 16.09.2024