Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirtqi ta'lim talabalarining to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqidagi elektron jamoaviy murojaat Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi
Bugun, 14 iyun kuni "Mening fikrim" veb-portalida fuqaro Qudratov Asliddin tomonidan yuborilgan "Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida"gi elektron jamoaviy murojaat yetarli ovoz (10 000 ta) to‘pladi.
Endilikda:
- mazkur murojaat portal moderatori - Qonunchilik muammolari instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
- Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e'tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.
- Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan «Mening fikrim» veb-portaliga joylashtiriladi.
Ma'lumot uchun, hozirda "Avtotransport vositalarini tyuning qilishga ruxsat berish haqida"gi elektron jamoaviy murojaat 4979 ta ovoz bilan ovoz yig‘ishga joylashtirilgan murojaatlar ichida yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
15:26 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
20:47 / 26.06.2023
“Huquqlarni cheklayotgan” normalarni bekor qilish yuzasidan Oliy Majlisga murojaat yo‘llandi
07:34 / 10.08.2018
Sirtqi ta'lim shakliga test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi
20:22 / 04.08.2018