KFC sun'iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlar sotishni boshlaydi

Foto: Twisted Food
KFC xalqaro restoranlar tarmog‘i Buyuk Britaniyaning bir nechta nuqtalarida bir oy davomida sun'iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlarni sotadi, deb xabar berdi CNN.
The Imposter deb nomlangan burgerlarni 17 iyundan 17 iyulgacha London, Bristol va Midlendsdagi bir nechta restoranlarda sotiladi. Ular tarkibida Quorn deb nomlangan fermentlangan qo‘ziqorindan tayyorlangan tovuq go‘shti o‘rnini bosuvchisi va mayonez bo‘ladi.
Telekanalning qayd etishicha, taniqli fastfud restoranlarida sun'iy go‘shtdan foydalanish kutilganidan tezroq o‘smoqda. Bu aksariyat iste'molchilarning go‘sht o‘rniga muqobil yemak izlashayotgani bilan bog‘liq.
Aprel va may oylarida Burger King va McDonald's o‘z restoranlarida go‘sht o‘rnini bosuvchilardan foydalanishni boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24
-
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi
Jahon | 22:02
-
Yelisey saroyi Makron ishtirokidagi videoga izoh berdi
Jahon | 21:30
-
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
Jahon | 21:23
Mavzuga oid

11:48 / 06.01.2023
Kelayotgan shanba kuni! Yangi KFC Beruniy restoranimizning tantanali ochilishi!

11:00 / 23.12.2022
KFC Sergeli Drive’ga xush kelibsiz!

19:42 / 05.12.2022
AQSh sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat berdi

13:41 / 18.04.2022