Light | 22:29 / 16.06.2019
51614
2 daqiqa o‘qiladi

Bor-yo‘g‘i ikki daqiqa: qand kasalidan saqlanishning oddiy usuli ma'lum qilindi

Foto: Aleksandr Ryumin/TASS

Juda qisqa, biroq shiddatli kechuvchi mashg‘ulotlar 2-turdagi qand kasali rivojlanishi xavfini kamaytirishi mumkin. E'tiborlisi, bu mashg‘ulotlarga arzimagan vaqt ketadi.

“MedikForum” portalining xabar berishicha, ushbu mashg‘ulotlarga har hafta faqatgina 2 daqiqa ajratish kifoya qilar ekan. Bunday fikrga Shotlandiyadagi Aberdin universiteti xodimlari tegishli tadqiqotdan keyin kelishdi.

Olimlarning ta'kidlashicha, agar har hafta har biri bir daqiqadan davom etuvchi shiddatli mashqlardan 2 ta seans o‘tkazilsa, qand kasalligining oldini olish mumkin ekan. Olimlar bunday qisqa, biroq shiddatli mashqlarning samarasini har kungi 30 daqiqalik o‘rtamiyona jismoniy faollik samaradorligiga qiyoslashgan.

Tadqiqot davomida ortiqcha vaznli, qand kasali xavfiga ega ko‘ngillilardan olingan ma'lumotlar tahlil qilingan. Ular 8 hafta davomida velotrenajyorda haftasiga 2 martadan mashg‘ulot o‘tkazishib, trenajyorda 6 soniyadan 10 marta shiddat bilan ishlashgan. Aniqlanishicha, bu ularning yurak-tomir tizimlari holatini va organizmning qonni shakardan tozalay olish qobiliyatini yaxshilash uchun yetarlilik qilgan.

Mavzuga oid