Eron AQShning josuslik kibertarmog‘ini fosh etganini ma'lum qildi
Eron xavfsizlik kuchlari AQShning josuslik kibertarmog‘ini fosh etdi, deb ma'lum qildi Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy.
"Yaqinda Eron maxsus xizmatlari mamlakat kibermakonida ish olib borgan MRBning yirik josuslik tarmog‘ini fosh etdi va yo‘q qildi", - dedi Shamxoniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron mazkur josuslik tarmog‘i haqidagi ma'lumotni bir nechta xorijiy davlatlar bilan bo‘lishgan.
"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu tarmoq boshqa qator davlatlarda ham ish olib borgan", - deb ta'kidladi u.
19 aprelda Eron axborot vaziri va maxsus xizmatlar rahbari Mahmud Alaviy mamlakat razvedkasi mintaqaning turli davlatlarida ish olib boruvchi 290 nafar josusdan iborat MRB tarmog‘ini fosh etganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:10 / 21.12.2024
O‘zbekiston va Eron kartoshka yetishtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024