Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan brifingda Davlat test markazi mutasaddilari iştirokida brifing bölib ötdi. Unda ma’lum qilinişiça, endi «oliy ta’limga kiritib qöyiş amaliyotiga» mutlaqo çek qöyiladi. Yönalişlar bitta bölmagandan keyin, abituriyentlarning bir-biriga yordam berişi ham çeklanadi.

«Abituriyent yurtimizning istagan joyida test topşiryapti. U qayerda, qaçon topşirişini bilmagandan keyin, yordam beraman deb urinişning iloji yöq. Bu çora bilimli yoşlarning öqişga kirişini ta’minlaydi. Oliy ta’lim muassasasi ham abituriyent haqida bilmaydi. Endilikda qabul jarayonlarida «manfaat» degan tuşunça yöqoladi. Şuning öziyoq katta natija. Hozirça qölimizdan keladigani, test jarayonlarida şaffoflikni ta’minlab turiş. OTMga kiritib qöyaman, deganlarga işonmang», — deya Davlat test markazi boş boşqarmasi boşliği Barno Rajabovning sözlarini keltirmoqda ÖzA.

Brifingda abituriyentlar diqqatiga yana bir juda muhim e’lon ma’lum qilindi: Imtihon kuni keç qolgan abituriyentlar belgilangan vaqtdan keç qolsa, imtihonga kiritilmaydi. Bu qat’iy belgilangan tartib, qoida. Sababi, ikki smenada taşkil etiladigan test sinovlari öz vaqtida, tartibli va sifatli ötkazilişi kerak.

Brifingda Özbekiston Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga özgartiş va qöşimçalar kiritilgani töğrisida ma’lumot berildi.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, turk tilini çet tili sifatida öqigan abituriyentlar ham mazkur tildan köp balli baho tizimi böyiça imtihon topşiradi.

Endilikda OTMlarga hujjat topşirişda 086-U-şakl böyiça tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Quyidagilar oliy ta’lim muassasalariga qöşimça davlat grantlari asosida imtihonsiz öqişga qabul qilinuvçilar qatoriga kiritildi:

— Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslaşgan maktab-internatni a’lo baholarga bitirgan bitiruvçilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni öqitiş yönalişlariga.