19:20 / 20.06.2019
17524

Putin prezident bo‘lish joniga tegmagani va o‘zga sayyoralik emasligini aytdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 iyundagi jonli muloqot vaqtida o‘zga sayyoralik ekanligi yoki yo‘qligi haqidagi savolga o‘zga sayyoralik emasligini va unda bunga isbotlar borligini aytdi.

“Yo‘q, menda bunga isbotlar va qarindoshlarim, yaqinlarim, farzandlarim shaxsida guvohlarim bor”, deb javob qilgan Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, Putin prezident bo‘lish joniga tegmaganligini aytgan.  

“Prezident bo‘lish jonimga tegmadi. Aks holda, joriy prezidentlik muddatiga nomzodimni qo‘ymagan bo‘lardim”, deb javob qilgan Putin.

Shuningdek, undan biror-bir ish uchun uyalishi haqida so‘ralganda, ko‘ziga yosh oldi. Shunda Putin 2000-yillar boshida bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi. Putinning ishchi safari vaqtida bir ayol uning oldida tiz cho‘kib, unga iltimos bildirilgan maktub bergan. Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, uning yordamchilari bu maktubni yo‘qotib qo‘yishgan.

“Men bunday o‘nlab maktublarni o‘qib, o‘sha maktub nima haqida bo‘lganini deyarli bilaman. Unda turmada o‘tirgan o‘g‘liga yordam berish yoki shunga o‘xshash iltimos bo‘lgan bo‘lsa kerak. Biroq gap bundamas, gap maktubni yo‘qotib qo‘yishganda”, degan Putin va hanuzgacha bu ish uchun uyatda ekanligini aytgan.  

Muloqot davomida Putin topshiriqlari bajarilmaganda o‘zini aybdor his qilishini aytib o‘tgan.

Putin bilan jonli muloqot 17-marta bo‘lib o‘tdi va 4 soat 16 daqiqa davom etdi.

Top