Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq imtiyozlari amalda saqlanib qoladigan yo‘nalishlar ma'lum qilindi
O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Unga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati ni kamaytirayotgan soliq imtiyozlari va boj to‘lovlari bo‘yicha preferensiyalar bekor qilinishi taklif etilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, 1 oktyabrdan bir qancha sohalarda imtiyozlar bekor qilingani holda imtiyozini saqlab qoladigan yo‘nalishlar mavjud.
«Saqlanadigan imtiyozlar dori-darmon tizimida amal qiladi. Shu bilan birga uy-joy qurilishi bilan bog‘liq imtiyozlarni 2020 yilgacha saqlab qoldik. Bu masala aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda hozircha imtiyozi bilan qoldirildi», — deydi Mirzayev.
Prezident farmoni loyihasida esa ayrim qurilish materiallari, xususan asbest, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar joriy yil 1 oktyabrdan bekor qilinishi taklif etilgan.
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning ta'kidlashicha, qurilish masalasi bo‘yicha esa garchi 2020 yilning 1 yanvarigacha hali imtiyozlar saqlab qolingan bo‘lsa-da, undan keyin boshqacha tartib ishlab chiqiladi.
«Qurilish mollariga QQSdan imtiyoz berilishi hisobiga narxlar pasaydi, deb o‘ylashadi. Agar stavka kamaytirilsa yoki imtiyoz berilsa, narxlar juda bo‘lmaganda qisqa muddatda pasayishi mumkin. Lekin bu o‘zgarish juda katta bo‘lmasligi mumkin. Lekin agar mahsulotning o‘zi bozorda defitsit bo‘lsa, narx ham, albatta, tepaga ko‘tariladi. Agar teskarisi bo‘lsa, narx ham o‘z-o‘zidan pastroq bo‘ladi. Buning QQSga bog‘liq joyi yo‘q.
Ayni chog‘da nega 2020 yilga qadar qurilish sohasida imtiyozlar ushlab turilishi kerak? Sababi uy-joy qurish smetalari allaqachon tasdiqlangan, kishilar uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma qilgan bo‘lishi mumkin.
Kim qo‘shimcha qiymat solig‘ini tushirgan yo imtiyoz bergan bo‘lsa, narx kamayib, odamlarning talabi oshishi va o‘z navbatida ish o‘rni ko‘payishi mumkin. Mantiq shundan iborat. Biroq afsuski, bu to‘liq isbotlangan tizim emas.
Bir nechta davlatlar misolida o‘rganib chiqqan bo‘lsak, ularning biri imtiyozdan foydalangan, lekin ikkinchisi undan voz kechgani holda har ikkalasida ham narxlar bir xil bo‘lib qolaverdi», — deydi u.
Bundan avval Mubin Mirzayev soliq va boshqa imtiyozlar matbuot, noshirlik sohasida ham saqlanib qolishi haqida ma'lumot bergandi.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oddiy operatordan raqamli ekotizimgacha – UZTELECOM Yangi O‘zbekiston sari
O‘zbekiston | 17:00
-
“Boshimga qop kiydirib, harbiy bo‘linmaga olib borishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit hikoyasi
Jamiyat | 16:05
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni so‘radi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

15:54 / 03.04.2025
Nega qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinyapti?

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

10:48 / 03.04.2025