O‘zbekiston | 21:20 / 24.06.2019
20378
2 daqiqa o‘qiladi

Arisdagi portlash tufayli «Ufa-Toshkent» poyezdi Turkistonda to‘xtab qoldi

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahrida harbiy omborxonada portlash sodir bo‘lgani sababli Qozog‘istonning «Temiryo‘l yo‘lovchi tashuvi» kompaniyasi 13ta yo‘lovchi poyezdi, xususan, «Ufa—Toshkent» (№382) va «Samarqand—Nur-Sulton (Ostona)» (№252) poyezdlari qatnovini vaqtincha to‘xtatgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

«Qozog‘iston temir yo‘llari» kompaniyasi tomonidan yo‘lovchi poyezdlarining xavfsiz harakatini ta'minlash yuzasidan, shuningdek, yo‘lovchi sostavlarini suv, dizel yoqilg‘isi va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «Ufa-Toshkent» poyezdi «texnik sabablarga ko‘ra» ushlanib qolganini tasdiqladi. Poyezd Turkistonda to‘xtab turibdi.

Bugun, 24 iyun kunining birinchi qismida Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qism hududidagi o‘q-dori omborxonasida portlashlar ro‘y berdi. Shaharda favqulodda holat e'lon qilindi va aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlandi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 70dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Mavzuga oid