Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning prezident lavozimidagi birinchi maoshi 500 dollardan kamroq bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
Vladimir Zelenskiyning Ukraina prezidenti lavozimidagi birinchi maoshi may oyida 12 797 griven (485 dollarga yaqin) bo‘ldi. Bu haqda prezident ma'muriyati Ukrainaning "Faktor" nashri so‘roviga bergan javobida aytilmoqda.
"Davlat ishlari boshqarmasi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga 2019 yil may oyi uchun 12 797 griven miqdorida maosh hisoblandi", - deyiladi javobda.
Qayd etilishicha, Zelenskiyga ustama va mukofotlar yozilmagan. Maoshdan 2 481 griven (95 dollar atrofida) majburiy yig‘im va soliqlar ushlab qolingan.
Zelenskiy prezident lavozimiga rasman 20 maydan kirishgan.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025