Jamiyat | 13:25 / 27.06.2019
22541
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentdagi qorli park – Ice City yangiliklari

Ice City – Toshkentning qoq yuragida joylashgan sehrli park-shaharcha bo‘lib, u yerda yil bo‘yi qish hukm suradi va doim turli tadbirlar bo‘lib turadi. «Mahalliy aholi» – vikinglarning turmush tarzi shuni taqozo qiladiki, har doim mehmonlar uchun musobaqa yoki bayram tadbirlari tashkil etiladi.

Do‘stlik – Ice City majmuasining asosiy sifatlaridan biri bo‘lib, butun O‘zbekiston va hatto, MDH davlatlarida ham o‘xshashi yo‘qdir. Majmua ilk mehmonlarini shu yilning fevral oyida qabul qildi. Shu vaqt ichida qorli shaharcha hayotida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi.

Depozit – 0 so‘m

Eng muhimi – majmuada depozitlar tizimi bekor qilindi. Agar ilgari Ice City kartasiga (tarif asosida) mablag‘ to‘ldirish majburiy bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar Ice City kartasiga qancha mablag‘ qo‘yishni o‘zlari hal qilishadi. 

Yangi kartani (5000 so‘m) ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu xizmat majmuaga tashrif buyurishga ulgurmagan mehmonlarimiz uchun zarur. Fevral oyida ochilgan kartalar hali hanuz qabul qilinadi va ularga qo‘shimcha mablag‘ to‘ldirish mumkin.

Ice City tashrif buyuruvchilarning qulayligini ta'minlash va ularga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida Payme va Click tizimlariga ulandi. UzCard, HUMO, Union Pay kartalari orqali barcha to‘lovlarni amalga oshirsa bo‘ladi va tez kunlarda VISA va Master Card ham yo‘lga qo‘yiladi.

Attraksionlar to‘lovi narxiga ko‘ra amalga oshiriladi. Ular bilan www.icecity.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin. Endi siz park bo‘ylab gid bilan sayohat qilishingiz, Ice City haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. 

Italyan chang‘i va snoubord maktabi

Ice City O‘zbekistonda birinchi va hozircha yagona bo‘lgan usti yopiq qor trassasi, ya'ni Sky Slope attraksioniga ega bo‘lib, u yerda siz yil bo‘yi haqiqiy qor ustida chang‘i va snoubordda uchasiz. Ushbu loyiha qurilishida Italiyaning snoubord sporti asoschilaridan biri bo‘lmish va hozircha fritstayl yo‘nalishida mamlakat chempioniga aylangan Mateo Gratsia ishtirok etgan.

Trassani malakali snoubordchilar yuqori baholashdi va ular uchun bu trassa butun yoz davomida tayyorgarlik maskaniga aylandi. 

Sky Slope maydonida tog‘ chang‘isi va snoubord maktablarini tashkil qilish rejalashtirilgan. Ushbu ekstremal sport turining asoslari bilan tanishmoqchi bo‘lganlarni Mateo Grasianing tekshiruvidan o‘tgan instruktorlarimiz soha bilan tanishtirishadi. 

Issiq choy, nimchalar va muz saroyidagi bayram kechalari

Ice City'dagi o‘rtacha yillik harorat +16 daraja, qor maydonchasida esa nol darajani tashkil qiladi. Toshkentda yozning issiq havo hukm surgan bir paytda, vikinglar uchun odatiy holga aylangan harorat, poytaxtimiz mehmonlari uchun Antarktidadir. Shuning uchun ham majmuamizga yozning ilk kunlaridanoq turli o‘lchamdagi qalin nimcha va iliq yopinchiqlarni tashrif buyuruvchilarning sog‘ligini saqlash maqsadida olib kelishdi. Butun Ice City bo‘ylab issiq choy va qahva tayyorlab beradigan avtomatlar o‘rnatildi.

Bizning katta muz saroyimizda konkida uchib, har hafta poytaxtimizning mashhur DJ'lari bilan birgalikda yangi xitlar sadosi ostida o‘yin-kulgu qilsangiz bo‘ladi. Speed Skating deb atalmish tezkor konkilar maydonchasida bellashmoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar o‘rtasida musobaqalar ham o‘tkazib turiladi. Tez kunlarda esa, qiziquvchilar uchun bu yerda figurali uchish va xokkey maktablari tashkil qilinadi.

Sehrli Ice City shaharchasiga tashrif buyurish uchun hech qanday viza yoki ruxsatnomalar kerak emas, qalbingiz toza va qiziquvchan bo‘lsa bas, yaqinlaringiz bilan xursandchilik va yangi taassurotlarni ulashib, kuningizni maroqli o‘tkazasiz. Majmua haftasiga 7 kun va soat 10:00 dan 23:00 gacha ishlaydi. Yorqin taassurotlar va qish hukmronligiga xush kelibsiz, ertaknamo kayfiyat doim siz bilan birga bo‘lsin!

Ice City parki NEXT ko‘ngilochar-savdo majmuasining hovlisida joylashgan 

Ma'lumot uchun telefon: 71-209-00-77

Barcha yangiliklarni saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarimizdan bilishingiz mumkin:

Sayt: icecity.uz

Facebook: fb.com/icecitytashkent

Instagram: @ice_city_tashkent

Telegram: t.me/joinchat/AAAAAEFVicj8ljAaFzbAsQ

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid