Ba'zilari shkaf burchagida yotgan bo‘lsa, bir nechtasi ko‘z oldingizda turgan bo‘lishi ham mumkin.

1. Havo spreyi

Nimasi bilan xavfli?

Havo spreylari xonadagi noxush hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ko‘pincha biz ulardan havo aylanmaydigan burchaklar havosini musaffolashtirishda foydalanamiz. Bu juda to‘g‘ri yechim emas. Havo spreylari tarkibida ftalat moddalari bor — xushbo‘ylikning davomiyligini oshirishni ta'minlovchi va moddaga plastiklik xususiyatini beruvchi kimyoviy qo‘shimcha. 
Ftalatlarni, shuningdek, tirnoq laklari, kosmetika vositalari, bolalar o‘yinchoqlari va plastiklarda uchratish mumkin. Ko‘p hollarda ishlab chiqaruvchilar ularni ochiq tarzda bayon qilishmaydi va shunchaki «aromatizator» deb yozish bilan cheklanishadi. Shunday qilib, zararli ftalatlar qo‘shilgani qadog‘ida aks ettirilmagan havo spreylarining 14tadan 12tasida ularni uchratish mumkin. 

Ftalat moddalari organizmdagi gormonlar darajasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi: erkaklarda testosteron tushishiga va reproduktiv salomatlik tizimi ishlashida buzilishlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Spreyni yopiq maydonga sepganingizda uning tomchilari teringizga o‘rnashib qoladi yoki nafas olish bilan ichingizga tushadi. Organizmda esa ular bilan birgalikda xavfli birikmalar tarqaladi. 

Nima qilish kerak?

Noxush holatga ko‘z yumish ham maqbul yechim emas. O‘z qo‘lingiz bilan tabiiy mahsulotlardan foydalanib havo spreyi tayyorlashga harakat qiling.

100 ml hajmidagi sprey uchun sizga kerak bo‘ladi:

  • 15- 20 tomchi efir moyi, istalgan turini tanlashingiz yoki bir nechtasini aralashtirishingiz mumkin;
  • 1 choy qoshiq spirt;
  • purkagichli idish;
  • distillangan suv. 

Idishga efir moyi va spirtni quying, aylanma harakat orqali yaxshilab aralashtiring. Suv quying va idish qopqog‘ini yopib, yetarlicha aralashtiring. Tayyor!

2. Kuyaga qarshi sharchalar

Nimasi bilan xavfli?

Kiyimlar kuya yemasligi uchun shkafga maxsus sharchalar joylashtiriladi. Uning faol moddalari tarkibida naftalin yoki paradixlorbenzol mavjud — nafaqat zararli hasharotlarni, balki insonni halok qiluvchi modda.