Prezident farmoni «paynetchilar» masalasini hal etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boshlab kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.
Masalan, barcha tushumi 100 million so‘mdan ortgan «paynetchilar» ko‘rsatilgan xizmat uchun realizatsiya qilingan summaning 2,5 foizi miqdorida haq oladi. Shunga qaramay, ular yakka turdagi tadbirkor sifatida barcha tushumning 4 foizi miqdorida soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotgandi.
Prezident farmoni bilan ushbu masalaga yechim taklif etildi: endilikda ta'kidlangan toifadagi tadbirkorlar realizatsiya qilingan summadan (2,5 foizli haq) chorak qismini soliq sifatida to‘laydi.
Shuning bilan bir qator masalalar ham hal etildi. Xususan, 4,5 mingga yaqin telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ish o‘rnini barqaror saqlab qoladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchi tadbirkorlar onlayn pul o‘tkazmalar orqali xizmat ko‘rsatish, bir vaqtning o‘zida xufiyona iqtisodiyotga qochmaydi.
Ma'lumot uchun, 2018 yilda telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlari tomonidan 7 milliard so‘mga teng summa realizatsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nomi o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 09:09
-
Rossiya noqonuniy migrantlarga o‘z holatini qonuniylashtirish muhlatini uzaytirishi mumkin
Jahon | 08:55
-
Aholi savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 08:20
-
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi
Iqtisodiyot | 08:05
Mavzuga oid

14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»

23:58 / 22.09.2020
2021 yil 1 yanvardan identifikatsiya ID-kartalari joriy etiladi - Prezident farmoni

20:54 / 25.07.2020
Tibbiyot OTMlarini davlat granti asosida bitirganlar 1 yilgacha vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi - Prezident farmoni

20:52 / 25.07.2020