Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev xatolari uchun javob berishga tayyorligini, faqat aniq ayblovlar bo‘lishi kerakligini aytdi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi tarafdorlari oldiga chiqdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u xatolari uchun javob berishga tayyor.

«Ammo menga aniq ayblov qo‘yinglar, men nima qildim? Masalan, matbuot. Ha, matbuotga qarshi da'vo kiritganman, ammo menga tuhmat qilishlariga qarshi edim. Mana, Dacha Suudagi samolyot haqida (gap 2017 yilda Dacha Suudagi uylar ustiga qulab tushgan samolyotdagi yuklar haqida bormoqda) oltinli brilliantlar menda bo‘lganligini aytishgandi, endi esa Tekebayev oltinli choynaklar bo‘lganligini aytmoqda. Tuhmat qilmaslik kerak. Birorta ham jurnalist menga bir tiyin to‘lamagan. Boshqalarga to‘lagan. Ammo bu tuhmatga ta'sir ko‘rsatmadi. Norin Ayip haligacha tuhmat qilib keladi. Men xatolarim uchun doim javob beraman, chunki halol insonman», — dedi Almazbek Atamboyev.

U mamlakatdan hech qayerga chiqib ketmoqchi emasligini qo‘shib qo‘ydi.
Jurnalistlar sobiq prezidentdan qaysi siyosatchilar uni qo‘llab-quvvatlayotganini so‘rashdi. U agarda ismlarini aytadigan bo‘lsa, ularni qamab qo‘yishlari mumkinligini aytib, bu savolga javob berishni istamadi.

«Omurbek Toktogulovich Babanov menga qo‘ng‘iroq qilmadi. Ko‘pchilik qo‘ng‘iroq qilyapti, qo‘llab-quvvatlayapti. Ammo hukumat ularni qamoq bilan qo‘rqitib qo‘ygan. Odamlarimiz, elitamiz bunga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Oddiy odamlardan farqli ravishda ularda qo‘rquv bor. Odamlarni o‘ldirgan Bakiyevlardan farqli o‘laroq, hozirgi hukumat o‘zlariga yoqmagan kishilarni qamoqqa tiqmoqda. O‘zlariga yoqqanlarni esa super korrupsioner bo‘lsa ham ko‘tarishmoqda. Ammo bizning mamlakatimizda bu uzoq davom etishi mumkin emas», — dedi Almazbek Atamboyev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti Almazbek Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qildi. Sobiq prezidentga nisbatan beshta ayblov ilgari surilmoqda.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025