Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Boşdarxon mahallasi ahli özlari istiqomat qilayotgan hududda havo va suv iflosligi sababli yaşaş qiyinlaşib borayotganidan şikoyat qilişdi. Ijodiy jamoamiz bilan aytilgan hududga borib, aholi bilan suhbatlaşarkanmiz ikki soatga yetar yetmas ikkimizning ham «mazamiz qoça boşladi». Bu yerning havosiga çidab bölmasdi (Suvidan-ku içmadik). Xöş, özi gap nimada? Qanday qilib mazkur hudud havosi bu qadar zaharli, nega içimlik suvidan odamlar norozi? Va nihoyat asosiy savol — şunça aholi bu yerdagi içimlik suvi soğliğiga zarar yetkazayotgani haqida bir yildan beri şikoyat qilib kelayotgan ekan, nahotki tegişli idoralar suv tarkibini tekşirib körişmagan?

Video: Youtube

 Video: Mover (tas-ix)

Tekşirilgan! Bir neça marta tekşirilgan va qator zararli moddalar haddan taşqari köpayib ketgani tasdiqlangan. Ammo tekşiriş natijalari ham, ana şu natijalar ilova qilib qator idoralarga yuborilgan xatlar ham muammoga yeçim topmagan.

Uşbu aholi istiqomat qilayotgan hududdagi içimlik suvi tarkibi haqida joriy yil 17 iyunda Samarqand viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan viloyat «Suvoqova» davlat unitar korxonasiga yuborilgan ma'lumotdan ham biliş mumkin:

Boşqarma ma'lumotida hududdan olingan suv tarkibidagi tahlilga köra, umumiy temir miqdori – 109dan 136 martagaça köp çiqqan. Şuningdek, muallaq zarraçalar 54dan 9 martagaça, azot ammoniy 17dan 5,86 martagaça, nitrat 12,4dan 8 martagaça, fosfat 86dan 4,6 martagaça, sulfatlar 9,54dan martagaça ortiqligi aniqlangan. Şuningdek, «Suvoqova» DUK tomonidan bizga taqdim etilgan ma'lumotda esa suv tarkibidagi azot ammoniysi 88 mg.gaça (me'yor böyiça 5 mg. gaça bölişi kerak), temir moddasi esa 12 mg (me'yor 0,11 mg) ekani aniqlangan. Boşqa zararli moddalar miqdori ham bulardan kam emas. Aytiş kerakki, bu kabi tahlillar juda köp marta ötkazilgan, ammo heç qanday amaliy harakat amalga oşirilmagan.