«Belarus va Rossiya prezidentlari Minskdagi davlat rahbari qarorgohida norasmiy uchrashuvi tashkil etildi. Keyinroq ularga Tojikiston Prezidenti qo‘shildi», — deb xabar bergan RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Suhbat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovg‘a qilgan supada bo‘lib o‘tdi.
Peskovning ta'kidlashicha, davlat rahbarlari uchrashuvdan so‘ng, Minsk shahrida o‘tishi rejalashtirilgan II Yevropa o‘yinlari yopilish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l oladi.
Ma'lumot uchun, Yevropa o‘yinlari qit'a sportchilari o‘rtasida to‘rt yilda bir marta tashkil etiladigan musobaqa bo‘lib, Yevropa olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladi. Birinchi Yevropa o‘yinlari 2015 yili Boku shahrida o‘tgandi.











