O‘zbekiston | 21:22 / 04.07.2019
16413
1 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors kompaniyasi General Motors standarti bo‘yicha ishlaydi

GM Uzbekistan kompaniyasi nomi UzAuto Motors deya o‘zgartirilgani bilan, bu General Motors kompaniyasining O‘zbekistonni butunlay tark etganini anglatmaydi. Bu haqda UzSangvu, Avtooyna, Uz-Chasys, Uz-Koji, UzDongVon hamda UzAuto Motors zavodiga uyushtirilgan press-tur chog‘ida kompaniya vakili ma'lum qilgan.

Kun.uz muxbirining kompaniya vakilining press-tur mobaynida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, UzAuto Motors kompaniyasida ishlar General Motors kompaniyasi standarti bo‘yicha davom ettirilaveradi. Ya'ni, bundan ichki bozorga avtomobillar Chevrolet brendi bilan ishlab chiqarilishda davom ettirilishini anglash mumkin.

Shuningdek, Ravon brendi ham o‘zgartirilmasligi, xorijiy davlatlarga UzAuto Motors’da ishlab chiqariladigan avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinishi davom etishi ta'kidlab o‘tilgan. Shuningdek, kompaniyada yangi brendlar ustida ish olib borilmoqda, ular haqida yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Mavzuga oid