O‘zbekiston | 00:55 / 05.07.2019
5189
1 daqiqa o‘qiladi
2019/2020 o‘quv yili uchun Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul kvotasi tasdiqlandi
2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — «Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichiga 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 15 ta o‘rin etib belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, shundan 3 ta o‘rin davlat granti va 12 ta o‘rin to‘lov-kontrakt asosida belgilangan.