Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2019. O‘zbekistonga ikkinchi medalni Hikmatillo To‘rayev taqdim etdi
Italiyaning Neapol shahrida davom etayotgan yozgi universiada o‘yinlarining uchinchi kungi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, bugun musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslarida -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Hikmatillo To‘rayev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.
O‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlagan To‘rayev dastlab latviyalik Abulfazs Nasirovsni va Shimoliy Koreyalik Kim Chol Gvangni mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final yo‘lida mezbon vakili Gismondo Andearadan ustun kelgan To‘rayev final yo‘llanmasi chiqish uchun bahsda rossiyalik Yevgeniy Prokorchukga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda chernogoriyalik Marko Gusichni dastlabki daqiqadayoq ippon, ya'ni sof g‘alaba bilan mag‘lub etgan polvonimiz universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Universiadagi dastlabki medalini yana bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) qo‘lga kiritgan edi.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024