Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasining 43-sessiyasi bölib ötmoqda. YuNeSKOning Butunjahon merosi masalalariga bağişlangan yiğilişida Özbekistonning «Buxoro tarixiy markazi» va «Samarqand — madaniyatlar çorrahasi» obektlari böyiça hisoboti körib çiqilgan. Bu haqda Boş vazirning örinbosari Aziz Abduhakimov özining «Feysbuk»dagi sahifasida ma'lumot bergan.

Foto: Facebook/Aziz Abdukhakimov

Şu yilning 4 iyul kuni YuNeSKOning Butunjahon merosi qömitasi Boku şahrida bölib ötayotgan 43-sessiyasida «Buxoro tarixiy markazi» va «Samarqand 3 madaniyatlar çorrahasi» obektlarining saqlanganligi borasida Özbekiston tomonidan taqdim etilgan hisobotni körib çiqdi, — deb yozadi A.Abduhakimov.

Foto: Facebook/Aziz Abdukhakimov

Uşbu hujjatlar asosida qabul qilingan qarorda Özbekiston rahbariyati tomonidan Butunjahon merosi obektlarini himoya qiliş, jumladan, tarixiy şaharlarda quriliş işlari olib borilişiga moratoriy joriy qiliş haqidagi hukumat qarori olqişlanadi.

YuNeSKO Buxoro böyiça rezolyutsiyada butunjahon merosi obekti böyiça rahbarlik qiluvçi Qömita va paydo böluvçi muammolarni yeçiş uçun idoralararo maqsadli guruh tuzilgani faktini qoniqiş bilan qayd etdi.

Qayd etiş joizki, Özbekiston tomonidan Buxoro şahri böyiça Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (ICOMOS — International Council on Monumens and Sites — yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlaş böyiça xalqaro kengaş) tavsiyalariga rioya qiliş böyiça katta işlar amalga oşirilgan. Xususan, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda şaharni saqlab qoliş uçun kerakli hujjatlar tuzilgan, u yaqin orada YuNeSKOga taqdim etiladi, — deyiladi Aziz Abduhakimovning «Feysbuk»dagi postida.

Foto: Facebook/Aziz Abdukhakimov

Samarqand böyiça hujjatda Butunjahon merosi qömitasi Butunjahon merosi markazi va IKOMOSga Şanxay Hamkorligi Taşkilotining 2022 yilgi sammiti uçun infratuzilmani rivojlantiriş böyiça Özbekiston tomonining loyihalarini «ustunlik bilan» körib çiqiş majburiyatini yuklagan.