Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi kuchli zilziladan so‘ng Kaliforniyaning ikki okrugida favqulodda holat joriy etildi
AQShning Kaliforniya shtati gubernatori Gevin Nyusom shanba kuni yuz bergan kuchli zilziladan so‘ng San-Bernardino okrugida favqulodda holat joriy etdi.
Kaliforniya janubida shanba kuni ertalab 7,1 balli zilzila yuz berdi. Oqibatda 200 mingga yaqin kishi elektr ta'minotisiz qoldi, bir necha kishi jarohatlandi. Bu ushbu haftada shtat janubida yuz bergan ikkinchi kuchli zilziladir. Payshanba kuni Rijkrest shahri yaqinida 6,6 balli zilzila yuz bergandi.
San-Bernardino aholisi soni bo‘yicha Kaliforniyaning beshinchi o‘rinda turadigan okrugi bo‘lib, bu yerda 2 millionga yaqin kishi yashaydi.
Avvalroq shtatning 800 mingga yaqin kishi yashaydigan Kern okrugida favqulodda holat joriy etilgandi.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026