Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Universiada-2019: O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 4taga yetdi
Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Universiada-2019 o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning yakuniga yetgan navbatdagi kun dasturi ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi.
Ushbu kun doirasida bahs olib borgan dzyudochilarning ikki nafari - Diyora Keldiyorova (-52 kg) hamda Davlat Bobonov (mutlaq vazn) terma jamoamiz hisobiga yana 2 bronza medalini yozib qo‘yishdi.
-52 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan Keldiyorova musobaqadagi ishtirokini ikkinchi davradan boshlab, dastlab litvalik Gintaut Marsilionitni mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi davra bellashuvida koreyalik Da Sol Parkka imkoniyatni boy berib qo‘ygan Keldiyorova bronza medali uchun kechgan o‘tish bahslarida Braziliya, Portugaliya va Mo‘g‘uliston vakillaridan ustunlik qildi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda germaniyalik Annika Vurfelni mag‘lubiyatga uchratgan Diyora universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Dastlabki bosqichlarda koreyalik Min Jong Kim va slovakiyalik Matey Xajasdan ustun kelgan Bobonov chorak finalda qozog‘istonlik Galimjan Krikbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan o‘tish bahslarida germaniyalik va polshalik polvonlardan ustun kelgan sportchimiz uchinchi o‘rin uchun ozarboyjonlik Rustam Kotsoyyevga qarshi tatamiga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsni ishonch bilan boshlagan Davlat mashhur dzyudochini dastlabki daqiqadayoq ippon, ya'ni sof g‘alaba hisobiga mag‘lub etib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘rtinchi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi 2 kunda ham aynan dzyudochilar, Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) va Hikmatillo To‘rayev (-73 kg) ikkita bronza medalni terma jamoa hisobiga taqdim qilishgan edi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoasining Universiadada jamg‘argan medallari soni 4ta bronzani tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024