Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston eksport yuklari «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati orqali jahon bozoriga chiqa boshladi
O‘zbekiston va Afg‘onistonni nafaqat hududiy joylashuvi, balki iqtisodiyotning turli sohalaridagi uzoq yillik samarali hamkorlik ham bog‘lab turadi.
Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Afg‘onistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, iqtisodiyoti va eksport salohiyati rivojlanishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu ayniqsa davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘l aloqalarining rivojlanib borishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Joriy yilning iyun oyi boshda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati orqali Qozog‘iston Respublikasiga yuqori sifatli 130 tonna talk mahsuloti eksport qilindi.
Biz Afg‘onistonlik tadbirkor «Core Drillers» Kompaniyasi raxbari janob Abdul Rahmon Harutiga O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlari, qo‘shni mamlakatda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

– Janob Haruti, bizga sizni Afg‘onistonning temir yo‘l orqali yuk jo‘natgan ilk eksportchi tadbirkori deb aytishdi. Faoliyatingiz bilan tanishtira olasizmi?
– Yaqin yillardan boshlab O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida turli sohalarda, jumladan, temir yo‘l tarmog‘i orqali hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Ungacha bizning mamlakatga biror transport, u xoh temir yo‘l bo‘lsin, xoh avtomobil transporti mutlaqo kirish imkonsiz edi.
Temir yo‘l aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi afg‘on xalqiga katta ko‘mak bo‘ladi. Bunda mahsulot yetkazish sifati, xavfsizligi va narx borasida ham katta qulaylik yaratiladi. Xususan, Hayraton-Mozori-Sharif temir yo‘lining ishga tushirilishi bilan Afg‘oniston va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar almashuvning o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Bu Afg‘oniston aholisini ham zarur oziq-ovqat va xalq iste'mol mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta'minlash imkonini berdi, shuningdek, afg‘on eksportchilariga qo‘shimcha rag‘bat yaratdi.
To‘g‘risini aytish kerak, afg‘onistonlik tadbirkorlarda mahsulot eksport qilishda hamon qo‘rquv yuqori bo‘lib, tavakkal qilgisi kelmayapti.
Bizning kompaniya yuqori sifatli talk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uni oziq-ovqat, qurilish va ishlab chiqarish, shuningdek, boshqa ko‘plab sohalarda ishlatish mumkin.
Bizning mahsulotlar shuningdek, o‘zining yuqori sifati bilan ajralib turadi, ya'ni mahsulotlarimizning sifati va oqlik ko‘rsatkichi 99.9 foizga teng.
Kompaniyamiz hozirda talk mahsulotining Afg‘onistondagi yagona eksportchisi ham hisoblanadi.
Biz yaqinda ushbu mahsulotni eksport qilish bo‘yicha Qozog‘iston bilan shartnoma imzolashga erishdik.
– Bugun Afg‘onistondagi tadbirkorlik muhitini qanday baholaysiz?

Men bugungi Afg‘onistonni ochilmagan, katta imkoniyatlar mamlakati deb ta'riflagan bo‘lardim. Bizda talk, marmar, marmar pudrasi, qurilish mahsulotlari va ko‘mir xomashyosining katta konlari mavjud.
Hozirda ularni qazib olish va eksport qilish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Afg‘onistonning qulay iqlimi xuddi sizniki kabi talab yuqori bo‘lgan meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi.
Menimcha, ikki davlat hamkorligi shu tarzda rivojlanib borsa, savdo-sotiq va boshqa yo‘nalishdagi mustahkam aloqalar ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lardi.
Bugun Afg‘oniston O‘zbekistondan tashqari MDHning boshqa respublikalari, Xitoy va Germaniya bilan turli sohalarda mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilmoqda.
Afg‘oniston katta imkoniyatlar mamlakati.
– O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi temir yo‘l aloqalari siz va siz kabi tadbirkorlarga katta imkoniyat yaratayotgan ekan-da?
– Ha, ayni vaqtda kompaniyamiz uchun yuklarni tashishda eng maqbul variantlardan biri temir yo‘l transporti hisoblanadi.
Afg‘onistondan boshqa mamlakatlarga temir yo‘l orqali yuklarni tashish avtomobil transportiga nisbatan kamroq vaqt talab etadi.
Hozirda biz temir yo‘l orqali Xitoyga eksport qilinadigan yuklarimizning birinchi jo‘natmasi bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bilan xamkorlikda ish olib bormoqdamiz.
Men bugun zarur axborot ko‘magi bilan ta'minlandim va yuklarimning birinchi eksport vagonlarini tashkil etishda ko‘mak bergani uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman.
O‘zbekiston temir yo‘lchilari yuk tashishga tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal qilishda yordam berishdi, yuk tashishni yaxshi tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi, zarur hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda yordam berishdi.
Bundan tashqari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Afg‘onistonning barcha yuklarini jo‘natish uchun 20%li chegirma taqdim etildi hamda barcha qo‘shimcha yig‘imlar bekor qilindi, bu bizga eksport qilishda transport xarajatlarini kamaytirish imkonini berdi.
Yil oxirigacha 100 ming tonnaga yaqin yuklarimizni temir yo‘l orqali jo‘natishni rejalashtirganmiz.
Mahsulotlarimizning birinchi eksportini jo‘natishdagi ijobiy natijalarni qayd etgan holda hamkorlikni kelgusida ham davom ettirishga umid qilaman.
– Faoliyatingizda omad tilaymiz.
– Katta rahmat.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
21:41 / 28.11.2025
Nega O‘zbekiston poyezdlariga chipta narxi qimmat?
22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
21:16 / 26.07.2023