Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afsuski, bu boradagi muammolar kun sayin ortib bormoqda». Saida Mirziyoyeva me'moriy meros obektlari haqida
Mamlakatimiz me'moriy meros obektlarini asrash - ham hukumat, ham jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Afsuski, noto‘g‘ri yondashuvlar qo‘llanishi oqibatida bu boradagi muammolar kun sayin ko‘payib bormoqda. Ham bosma, ham elektron OAVda faol yoritilayotgan bu holat O‘zbekiston turizm sohasining rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, shuningdek, Agentlikning ustuvor vazifalaridan biri sanalmish mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini targ‘ib etishga to‘sqinlik qilishi mumkin», deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.⠀
Sabablarni aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ushbu masalalarning batafsil muhokamasi o‘tkazilgan.


«Yurtimizda tarixiy obidalardan foydalanish va ularni asrab-avaylash borasidagi eng muhim masalalar va choralar ko‘rib chiqildi. Jumladan, professional restavratsiyani ta'minlash, shahar landshaftini va obidalarning ichki o‘ziga xosligini saqlash, madaniy obektlar yaqinidagi qurilish ishlarini nazorat qilish va boshqa muammolarga e'tibor qaratildi.
⠀
Bizning asosiy vazifamiz ushbu noyob merosni bo‘lajak avlodlar uchun asrab qolishdir. Yurtimiz imijini xalqaro maydonda targ‘ib etishda shu kabi masalalarga alohida e'tibor qaratishimiz lozim, albatta. Sa'y-harakatlarimizni birlashtirib, hamjihat bo‘lib ishlasak, bu sohadagi muammolarni bartaraf etishimiz hamda ertaga farzandlarimiz ko‘zlariga tik qaray olishimiz uchun ham voqealar rivojini o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi», degan Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida YuNeSKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining 43-sessiyasi vaqtida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z dokladida Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlaridagi buzilishlar tafsilotlari haqida ma'lumot keltirmagani tanqid qilingandi.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:20 / 06.07.2026