Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni “ancha” kuchaytirishga va'da berdi
AQShning Eronga qarshi sanksiyalari kuchaytiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 10 iyulda aytib o‘tdi.
“Eron uzoq vaqt davomida uranni boyitib kelgan, bu esa Jon Kerri va Obama ma'muriyati tomonidan tuzilgan 150 mlrd dollarlik rasvo bitimni to‘liq buzadi. Tez orada sanksiyalar kuchaytiriladi, anchaga”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Eron 7 iyulda yadro kelishuvi bo‘yicha majburiyatlarini qisqartirishning 2-bosqichi haqida e'lon qilgan. Bunga kelishuvga a'zo davlatlar Tehronning iqtisodiy manfaatlariga taalluqli talablarini 60 kun ichida bajara olmaganlari sabab bo‘lgan. Tehronda uranni yadro kelishuvida ko‘zda tutilgan 3,67 foizdan ko‘proq darajada boyitish jarayoni boshlanishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
10:17
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026