Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 23 iyul kuni Anqaradagi Sheraton mehmonxonasida Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Forumni Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay hamda O‘zbekiston Bosh Vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ochib berishadi. Bu haqda Turkiya nashrlari xabar bermoqda.
Forum ishida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Qudratov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov va boshqa yuqori martabali mutasaddilar ishtirok etishadi.
Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi energetika, oziq-ovqat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va tibbiyot kabi sohalarda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari hamda davlat idoralari vakillarining ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida bo‘lib o‘tadigan sessiyalarda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Forumning yakuniy qismida ikki mamlakat kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
19:11 / 13.04.2025