Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” bir qator masalalar bo‘yicha AQSh bilan kelishib olganini ma'lum qildi
AQSh va “Tolibon” harakatining delegatsiyalari Qatardagi muzokaralarda deyarli barcha muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdi, faqatgina 1-2 ta masala ochiq qoldi. Bu haqda “Tolibon”ning Dohadagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Shaxin ma'lum qildi.
AQSh va toliblar o‘rtasidagi muzokaralar 9 iyulda Dohada o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha muloqot yakunlangandan keyin davom ettirilgan.
“Muzokaralarda muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha kelishishga erishildi, faqatgina 1-2 ta masala qoldi va ular keyingi raund vaqtida muhokama qilinadi”, deb ma'lum qilgan Shaxin.
Uning ta'kidlashicha, AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi muddatlari bo‘yicha hali kelishuvga kelinmagan, biroq ushbu masala bo‘yicha ancha yaqinlashish bo‘lgan.
“Tolibon” vakilining ta'kidlashicha, AQSh bilan muzokaralar qancha davom etishi hali belgilanmagan tanaffusdan keyin davom ettiriladi. “Tanaffus bir necha kun yoki haftalar olishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Shaxin.
Avvalroq AQShning maxsus vakili Qatardagi muzokaralar 4 ta asosiy mavzu: AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi, o‘t ochishni to‘xtatish, Afg‘onistondagi barcha tomonlar muloqoti o‘tkazilishi va Afg‘oniston hududini AQSh yoki boshqa davlatlarga hujum qilish uchun qo‘llamaslik bo‘yicha borishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026