14 iyul kuni Ecopark'da Makro tarmog‘ining 24 soat ishlaydigan birinchi supermarketi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi
Supermarketning formati – bu professionallar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan konseptual interer dizayni, tovarlarni taqdim etish va joylashdagi yangi yechim, hamyonbop takliflardir.
Supermarketning umumiy maydoni 737 m² bo‘lib, 3500 dan ortiq tovarlar turlari joylashgan savdo maydoni o‘lchami 485 m² ga teng.
Filial binosida xaridlarni amalga oshirish uchun qulay muhit yaratilgan. Ilk bor rastalar balandligi ko‘z sathidan pastda – 1.4 metr etib qo‘llanildi, bu butun supermarket maydonini qamrab olish va kerakli tovar yoki bo‘limni topish yanada qulay bo‘lishiga imkon yaratadi. Yevropa standartlariga javob beradigan funksional va ixcham yoritish tizimi qo‘llanilgan. Ko‘zlar uchun yoqimli bo‘lgan yorug‘lik tizimi tufayli, do‘konda bo‘lish yanada xarid qilishga undaydigan bo‘lgan. Shuningdek, xaridorlarning e'tiborini kerakli brendlar qatoriga qaratishga va taqdim etilgan mahsulot turlari bilan tanishish imkonini beradigan gorizontal tovarlar joylashuvi ham o‘ziga xos ustunlik hisoblanadi.
Konsepsiya g‘oyasi supermarketning odatiy tushunchasidan voz kechadi. Misol uchun rejalashtiruvchilar, yangi do‘konda an'anaviy vitrinadan butunlay voz kechishdi. Endi xaridorlar, o‘lchab sotiluvchi mahsulotlarni tortish va qadoqlash uchun sotuvchini kutishlari shart bo‘lmaydi. Maxsus kontaktli sovutgichlarda oldindan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlar – salatlar, pishloqlar, kolbasa, go‘sht va hokazolar joylangan. Bu mijozlarning anchagina vaqtini tejaydi.
Bosqichma-bosqich Makro o‘zining eng asosiy maqsadlaridan biri – taniqli jahon brendlarining mahsulotlarini xaridorlarga hamyonbop narxlarda yetkazib berishni ro‘yobga chiqarmoqda. Buning natijasi o‘laroq, yangi filial rastalarining premium-klass segmentidagi yangi tovar turlari tashrif buyuruvchilarni xursand qildi.
Narx siyosati, xizmat darajasi, filialning 24 soat ishlashi, qulay avtoturargoh ushbu mashhur tarmoq xaridorlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Biz supermarketning yangi formati xaridorlar tomonidan iliq kutib olinishiga va Makro tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishiga ishonamiz!
Manzil: Toshkent shahri, Markaziy Ekopark, Maxtumquli ko‘chasi, 80/1
Mo‘ljal: Rim-katolik markazi (Katolik cherkovi) qarshisida
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:55 / 11.08.2023
Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi
15:58 / 24.07.2023
Makro 700 ta ommabop tovarlarga narxlarni tushirdi
16:16 / 20.07.2023
Makro supermarketlar tarmog‘i ta’minot zanjirlari bilan qaytadan ishlashni amalga oshirdi
20:35 / 05.04.2023