Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Saydulla Fayzullayevich Elmuradov Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
U bu lavozimda 2018 yil iyulidan buyon ishlab kelayotgan Ulug‘bek Anvarovich Anvarov o‘rnini egalladi.
Saydulla Elmuradov bungacha Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bundan avvalroq 2017 yil yozidan buyon Toshkent shahriga prokurorlik qilib kelgan Sherzod Obloqulov ishdan olinib, uning o‘rniga Buxoro viloyati prokurori Bahriddin Valiyev yangi prokuror etib tayinlangani xabar qilingandi.