Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 8 mln dollar sarflaydi
Rossiyaning Federal soliq xizmati O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 515 mln rubl (8 mln dollardan ko‘proq) sarflaydi. Bu haqda The Insider nashri xabar berdi.
Rossiyaning davlat xaridlari portalidagi bu bilan bog‘liq tenderga “GosZatrati” birlashmasi birinchi bo‘lib e'tibor qaratgan.
Rossiya O‘zbekistonga “soliq ma'murchiligi tizimini rivojlantirish, jumladan mol-mulkka soliq solishni takomillashtirish va soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini yaratish maqsadida” O‘zbekistonga bepul texnik yordam ko‘rsatadi.
Rossiya davlat mulkini boshqarish federal agentligiga tegishli “Glavniy Nauchno-Issledovatelskiy Vichislitelnyy Tsentr” AJ loyihaning yagona ijrochisi bo‘lgan.
Avvalroq Federal soliq xizmati Mixail Mishustin O‘zbekiston va Rossiya soliq tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani boshlayotganini ma'lum qilgan. Mishustin o‘shanda beg‘araz yordam ko‘rsatilishi haqida so‘z ochmagan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026