Jahon | 20:37 / 18.07.2019
14122
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning umumiy qarzi 40 trln yuandan oshib ketdi

Xitoyning umumiy qarzi 40 trln yuandan oshib ketdi, bu esa dunyodagi umumiy qarzdorlikning 15 foizini tashkil qiladi. 

Xitoyning umumiy qarzi ko‘rsatkichi sustlashgan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish ortida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 303 foizigacha oshib ketdi.  

Shu tariqa, Xitoyning umumiy qarzdorligi AQShnikidan deyarli 2 barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda. Fevralda AQSh qarzdorligi tarixiy maksimumgacha oshib, 22,012 trln yuanga yetgan. 

Avvalroq Germaniyadagi jahon iqtisodiyoti Kil instituti ekspertlari Xitoy oxirgi o‘n yilliklarda boshqa davlatlarni kreditlash darajasini oshirayotgani va dunyodagi eng yirik rasmiy kreditorga aylanganini ta'kidlab o‘tishgan.  

Ma'lum qilinishicha, 2000 yildan 2017 yilgacha Xitoyning boshqa davlatlar oldidagi qarzi 10 karraga – 500 mlrd yuandan 5 trln dollardan ko‘proqqacha oshib ketgan.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, bu Xitoyni Xalqaro valuta jamg‘armasi yoki Jahon bankidan ancha o‘zib ketgan eng yirik kreditorga aylantirgan.

Mavzuga oid