Böritoş Şodiyeva Islom Karimovning maxfiy topşiriği haqida aytib berdi
|12:43 / 19.07.2019257 94116 min
Yozuvçi Akbar Mirzoning “Prezidentning bajarilgan topşiriği yoxud bugunning “Tömaris” ayoli” nomli maqolasi ÖzA tomonidan e'lon qilindi. Unda respublika Xotin-qizlar qömitasida rais örinbosari bölgan, şuningdek, Oliy Majlisda işlagan Böritoş Şodiyeva bilan suhbat uyuştirilgan. Quyida suhbat matni töliq holda keltiriladi.
Oltmiş oltini qoralagan, soçlarini qirov bosgan, keng peşonasida şafqatsiz hayotning qat-qat izi qolgan Böritoş opa gapga ança çeçan bölsa-da, köngildagi sirlarni darhol oşkor qiladigan ayollar toifasidan emas ekan. Ayni paytda olib borayotgan işlari xususida tölqinlanib gapirib berdi, ammo özi körsatgan jasoratlar haqida söz ketganda xayolga toldi. Keyin menga ma'noli nigoh taşlab, “Sirligiça qola qolsin”, dedilar astagina.
“Yoşlarga ibrat qilib körsatamiz”, dedim, yaqin tariximizni örganyapmiz deb vaj körsatdim, mustaqillik uçun kuraşgan, uni saqlab qoliş uçun jonini tikkan insonlarni xalqimiz bilişi lozimligini tuşuntirdim. Biroq opa negadir jim edi. Tabiatan tortinçoq emasman, qaysarlik, öjarlik kabi xislatlarim ham bor. Ofisimdagi devorga ham “Heç qaçon taslim bölma!” degan maqolni hayotiy şior qilib yozuv qöyganman...Moskvadagi Oliy partiya maktabining tinglovçisiman... Va nihoyat, ança yillar avval röy bergan voqeani sözlab berişga rozi böldi Böritoş opa. Aslida men Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida körsatgan qahramonliklarini yodiga solib, şu haqida gapirib berişlarini iltimos qilgandim. Biroq suhbatni uzoq Moskvadan boşladilar. Umuman olganda, deboçasi çakki emas edi. Qalbiga yöl topsam, hammasini bilib olaman, deb öylab, sabr qilişga qaror qildim.
– Bu vaqtda respublikamizda sobiq SSSR Prokuraturasining tergovçisi Gdlyan boşçiligidagi maxsus guruh butun kuç-qudratini, makrini, şafqatsizligini işga solib, xalqimizning asl farzandlarini elakdan ötkazayotgan edi. Goh markaziy televideniyeda, goh matbuotda Gdlyanning intervyulari berib borilar, faktlarda asosan özbekistonlik rahbarlarning olgan poralari, ular topşirayotgan pullar, oltin va kumuşlar töğrisida gap ketardi.
“Hammasi poraxör, hammalari davlatni talagan, hisobsiz boylik orttirgan tovlamaçilar, yulğiçlar!” degan haqoratlarning zalvoridan boşimiz egik, tilimiz qisiq edi.
Biz tinglaydigan kurslarda asosiy mavzu qolib ketib, öşa intervyular, maqolalar, fotoreportajlar qayta-qayta muhokama bölar, öqituvçilar bir-biridan ötkazib respublikamizda sodir bölayotgan jinoyatlar xususida tinimsiz bahs yuritişardi.
Mavzuga oid
Öşa vaqtlarda Moskva meri bölgan Boris Nikolayeviç Yelsin bizga dars ötar, Gdlyanning qahramonliklari töğrisida faxr bilan gapirarkan, biz özbeklar tomonga tez-tez nigoh taşlab qöyardi.
Uning zimdan qaraşlariga, aççiq piçinglariga çiday olmay bizlar yelkamizni qisardik, stolning tagiga kirib ketgudek bölardik. Biroq navbatdagi darsda özimni tutib turolmadim. Şart örnimdan turib, hamma özbeklar ham poraxör emasligini, öz yurtining kelajagi uçun jonini jabborga berib, halol-pok işlayotganlar nihoyatda köpligini, bunday işlarda oddiy xalqning aybi yöqligi isbotlaşga tuşib ketdim. Mehnatkaş odamlarimiz ertadan keçgaça dalada işlayotgani, paxta rejasini bajaramiz, deb gulday umri şudgorda ötayotganini, majburan topşirilayotgan tilla va kumuşlar esa odamlar nohaq qamalayotgan otalari, aka-ukalari uçun berayotgan şaxsiy mol-mulklari, farzandlarining töyiga atab yiğayotgan taqinçoqlari ekanini röy-rost gapirib taşladim.
Yonimda ötirgan qaysidir hamyurtim yengimdan tortar, gapimni töxtatib darhol uzr söraşga undardi. Bunga sari yuragimdan otilib çiqayotgan nido – aççiq haqiqatni sözlaşda davom etardim. Boşladimmi, oxiriga yetkazişga qaror qildim. Kursdan haydalişim aniq, demak, nimaniki bilsam, yetişgan, körgan bölsam, hammasini aytib qolişim kerak! Kursdagilarning ba'zilari jur'atimdan hayrat töla nigohlarini menga qadaşgan, gapim tugaşi bilan nima voqea sodir bölişini köz oldilariga keltirişgan çoği qaraşlari tobora açiniş tusini ola boşlagan, ayrimlar esa millatini oqlaşga jazm qilgan menday ayolning jasoratini aqlsizlikka, şakkoklikka yöygan, darsdan söng menga nisbatan qöllaniladigan har qanday jazoni haq deb hisoblaşga tayyor turişardi. Boris Nikolayeviç Yelsin gaplarimni bölmadi, diqqat bilan oxirigaça eşitdi. Söng katta boşini ma'noli qimirlatib qöydi-da, auditoriyani tark etdi. Kursimizda ön beşta respublikaning barçasidan vakillar bor edi.
Ularning birortasi menga e'tiroz bildirişmadi, faqat... faqatgina özimiznikilar yonimga kelib malomat toşlarini yoğdira boşlaşdi: “Endi senga qöşib bizlarni ham haydaşadi!”, “Nimalar qilib qöyding, ahmoq qiz, qamalib ketmoqçimisan?”, “Senga kim qöyibdi, Yelsinday şaxsga qarşi gapirişni, endi Özbekistonga qaytib bormaysan, şu yerning özida qamoqqa olinasan!”
Boya gapirayotgan paytimda yuragimda zarraça qörquv alomati yöq edi. Öz şeriklarimning vahimali gap-sözlaridan keyingina içimga ğam tuşdi. Menga dalda böliş örniga, tanbeh berayotgan, malomat qilayotgan ba'zi hamşaharlarimning tutgan pozitsiyasidan ensam qotdi, ularga nima deb javob qilişni bilmay qoldim.
Noiloj beriladigan jazoni kuta boşladim. Albatta, kimdir auditoriyada bölgan gap-sözlarini yuqoriga yetkazgan edi. Ha, keyingi darsda meni Moskva raykomiga çaqirişdi. Ortimdan heç kim bormadi. Yuragi betlab, dalda ham berolmadi.
Raykomning qabulxonasida turarkanman, ötgan-ketganlar menga öqrayib qaraşar, ayrimlari hatto turtib ötişga jazm qilgan ham edi. Sovuq munosabat va yuragimni tobora egallab borayotgan ğussadan oyoğimga titroq tuşsa-da, ammo buni sezdirmaslikka harakat qilib devorga mahkam suyanib oldim. Mardlik qilib gapirgandan keyin oxirigaça turib ber, degan içki bir nido qaddimni tik tutişga, qoğoz kötarib u yoqdan - bu yoqqa çopayotgan partiya xodimlarining közlariga dadil qaraşga undar edi. Şunday bir holatda ança turib qoldim. Köz öngimdan erim, bolalarim öta boşladi. Meni öqişga yuborgan rahbarlarning ğazabga töla nigohlarini körganday böldim.
Kimdir kelib qölimga kişan solib, qamoqxonaga sudraşi xayolimdan öta boşladi. Vahimali öylar qurşovida qolgan edim. Vaqt xuddi töxtab qolganday edi nazarimda.
Soat millari imillagan sari boşim tars yorilib ketgudek bölar, binodan tezroq çiqib ketiş uçun har qanday jazoni olişga şay edim. Bosim şu darajada kuçli ediki, ayançli hodisalar xayolimda çarx ura boşladi. Qattiq öy odamni öldirişi mumkin, desa işonmasdim, ana endi şu körgiliklar yoş boşimdan ötayotgan edi. Bir payt meni içkariga çaqirib qolişdi. Oyoğimda mador qolmasa-da, irodasizlik qilib şarmanda bölişni istamadim.
– Şodiyeva deganlari senmisan? – dedi yuqorida ötirgan badqovoq kişi köz ostidan menga nigoh taşlab.
– Ha.
– Nega Sovet hukumatiga qarşi gapirding? Nima bizning olib borayotgan odilona siyosatimizga qarşimisan?
– Gdlyan va Ivanovlarning hamma işlari ham odilona emas.
– Qanday hadding siğdi, sovet prokuraturasining xodimlariga tuhmat qilişga?! Sening joying qamoqda! – zarb bilan tuşgan muştdan stol taraqlab ketdi. Uning ustidagi narsalar uçib tuşdi. Keyin eşik birdan oçilib, qölida kişan kötargan militsiya xodimlar paydo böldi. Xuddi şu damda telefon jiringlab qoldi.
– Eşitaman, Boris Nikolayeviç! – deb beixtiyor örnidan turib ketdi meni söroq qilayotgan Ijroqöm raisi. – Nima qilardim, sizga şartakilik qilgan, sovet hukumatining olib borayotgan dono siyosatiga qarşi gapirgan Şodiyevani qamoqqa olişlarini buyurdim. Nega? Axir u... Sovet davlatiga qarşi, – hozirgina faxr va ğurur bilan gapirayotgan Ijorqöm raisining rangi özgara boşladi. – Qanday keçirib böladi? Balki qaroringizni özgartirarsiz? Mayli, özingiz bilasiz.
Bu sözlardan keyin asta qaddimni tik tuta boşladim. Qaraşlarim dadillaşdi. Yuragim sezdi, hammasi yaxşilik bilan tugaganini. Ha, Boris Nikolayeviç Yelsin meni töğri tuşungan, har bir millatning vakili xuddi şunday bölişi kerakligini bilgan va darsga qaytişimga ruxsat bergan edi.
– Közimdan yöqol! – dedi rejasi amalga oşmay qolgan Ijroqöm raisi.
Men şu zahoti öqday otilib, taşqariga çiqdim. Töyib-töyib erkin nafas olarkanman, haqiqatning köziga tik qaragan öqituvçimdan minnatdor edim.
“ŞIFOKOR BÖLIB BORASAN!”
Bu voqeani sözlab berişga köndiriş men uçun oson bölmadi. Tuşunaman, yuqori lavozimlarda işlangan rahbar kadrlar uçun davlat ahamiyatiga ega bölgan ma'lumotlarni ma'lum muddat oşkor qilmaslik talab etiladi. Lekin şaxsning amalga oşirgan jasorati qançalik muhim, qançalar sir bölmasin, xalqqa, ayniqsa, ertangi kunning egalari bölmiş yoş avlodga yetib borişi kerak emasmi? Yoşlar özlarining ota-onalari, mahalladoş yoxud yurtdoşlarining mardlik namunasi bölmiş voqea-hodisalarning tafsilotlari bilan qançalar erta tanişsa, ularda insonlarga bölgan mehr-muhabbat, vataniga bölgan sadoqat şunçalar tez şakllanadi va kattalarday mard, jasur va dovyurak bölişga intilişmaydimi?
Ötkir aka bilan Uzun va Sariosiyo tumanlariga qilgan sayohatimiz, yovuz niyatli kimsalarning nima uçun aynan şu ikki hududga kirişgani, u yerlarda jangarilar tödasi bilan olib borilgan jang, ularning körsatgan qarşiliklari xususida töplagan faktlarim, sörab-suriştirişlarim asosida “Snayper” degan qissa yozganim va bu asar 2018 yilda “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan kitob holida naşr etilgani haqida ança gapirib berganimdan keyingina Böritoş opaning diliga yöl topganday böldim.
– Bir savol qiynaydi, – deya sörayman Böritoş opadan. – Jangarilar töğrisidagi maxfiy ma'lumotlarni Boş qömondonga kim yetkazdi? Maxsus razvedkadagilarmi yoki öşa yerdagi aholi vakillari orasida öz odamimiz bölganmi?
Xuddi şu savol Böritoş opaning yurak tubiga yaşirib qöygan sirlarni oçişga turtki böldi, deb öylayman.
– Bilmasangiz qöymaysiz şekilli? – deya menga ma'nodor qarab qöydi suhbatdoşim.
– U vaqtda men ... vazifasida işlardim. Bir kuni Özbekiston birinçi Prezidenti Islom Karimov huzuriga çaqirib, Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida ğaraz niyatli kimsalar paydo böla boşlagani töğrisida taşvişlanib gapirib qoldilar.
Hayron böldim, axir men ayol kişiman, bunday xatarli yumuşga qanday aloqam bor ekan? Neçun aynan menga sözlab beryapti? Şunday savollar könglimdan ötarkan, Prezidentga yuzlandim.
– U yerga boriş kerak. Heç kimda şubha tuğdirmay bemalol kiriş lozim. Şundagina gazandalarning qançaligini, qanday qurollarga ega ekanligini, yana qaysi qişloqlarda odamlari borligini bilib olamiz.
– Ayol kişi begona qişloqqa qanday kirişi mumkin? Faqat şifokor bölib.
– Ha, dilimdagini topding. Kallang işlaydi, Böritoş Aminovna! Prezident birinçi marta menga rasmiy murojaat qilayotgan edi. Ğalati bölib ketdim. Gaplarini diqqat bilan tinglay boşladim.
– Töğri aytding, Uzun va Sariosiyoga “şifokor” bölib kirib borasan. Yoningga uç-törtta özingga işongan ayollarni olgin-da, borib qişloq ayollarini körikdan ötkaz. Agar yanglişmasam, fors tilini yaxşi bilasan. Şuning uçun butun diqqat-eʼtiboring qişloqdagi begona odamlarda bölsin. Ular nima iş bilan band, bir-birlari bilan nima haqida gaplaşyapti, hammasini bilişim kerak. Tuşundingmi, bu juda muhim topşiriq. Senga işonganim uçun ham aytyapman, bu gaplarni.
Prezidentning taşvişini töğri tuşunardim. Yurtimizga suqilib kirmoqçi bölgan har qanday yovuz niyatli maxluqlar u kişini qattiq ranjitar edi. Jangarilar tinç aholiga taşviş keltirişi, farovonlikka raxna solişi aniq edi. Toşkentdagi qöporuvçilik jinoyatlari tufayli qançadan-qança begunoh yurtdoşlarimiz nobud bölganiga hali unça köp vaqt bölmagan edi. Nahot, endi Surxondaryoda davlatimizga taşviş tuğdiradigan kunlar boşlangan bölsa?!
Şunday qilib, mamlakatimizning janubiga otlandim. Hamşiralikdan xabarim borligi uçun “şifokor” roliga kiriş menga unçalik qiyinçilik tuğdirmadi. Qişloqma-qişloq yurib, xotin-qizlarni tibbiy körikdan ötkaza boşladik. Biroq begona kişilar bizga şubha bilan qaraşar, har bir bosgan qadamimizni erinmay kuzatişar edi. Böynigaça soqol qöygan, paxmoq soçli kişilarning ayrimlari hatto beva ayollarga uylanib ham olgan ekan. Ular xotinlarini tekşirişga qöyişmas, bizga qattiq qarşilik ham qilişardi.
Şunday janjallarning birida barzangi bir kişi qarşimga keldi-da, ikki qoşimning örtasiga muşt tuşirdi. Özimni eplolmay orqaga yiqildim. Burnimdan tirqirab qon keldi. Biroq şafqat nima ekanligini bilmaydigan kimsa, bunga parvo ham qilmadi. Aksinça, töpponçasini peşonamga tirab, agar yana bir marta ayoliga sözimni ötkazadigan bölsam, u şartta otib taşlaşini aytib dağdağa qildi.
Menga xuddi şu bepisandlik bilan qilingan sovuq munosabat qattiq ta'sir qildi. Kim bu yerda xöjayin? Kelgindi kimsalarmi yoki şu yurtning fuqarosi bölgan bizlarmi? Ikkita qişloqni körib ortga qaytmoqçi edim, ammo yuragimda tuğilgan nafrat meni oxirigaça kuraşga çorladi. Sariosiyoning deyarli barça qişloqlarini közdan keçirib çiqdim. Tunlari uyqum kelmay öt-ölanlar orasida, derazalarning tagida begonalarning gap-sözlariga quloq tutdim. Har bir körgan va eşitganlarimni eslab qolişga harakat qildim. Qurol-yaroği saqlanadigan xonadonlarigaça bilib oldim. Kelasi oy yana ança odamlar kelişidan ham xabar topdim. Ba'zi ayollarni gapga solib, kelgindilarning nima iş bilan şuğullanayotganliklarini, yaşirin reja tuzayotganliklarini taxminan bilganday edim. Ayol dardini ayol tuşunadi deganlariday, ularni qiynayotgan muammolari haqida tinimsiz sözlay boşladim. Keyingi paytlarda nima uçun nogiron bolalar tuğilişi köpayib ketayotgani taşviş bilan gapirdim, xuddi öz opa-singillarimday yaqin oldim. Hatto köz yoşi ham qilib oldim. Bu harakatlarim besamar ketmadi. Dardi içida ayollarning ba'zilari qişloqlarda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvçilar köpayib ketayotgani, hatto ba'zi erkaklar ana şu zormandadan iste'mol qilayotganliklarini taşviş bilan gapirib berişdi.
Giyohvand moddalar qayerdan kelyapti, degan savolimga esa Afğonistondan ötayotgan qoramollarni tekşiriş kerakligini aytişdi. Ha, onalar barça qiyinçiliklar, körgiliklarga çidaşi mumkin, ammo norasidalarining kelajagi haqida gap ketganda jim turişolmaydi. Buni faqat ona sifatida anglaş va tuşuniş kerak.
Prezident bu işga meni tanlaganda ana şularni nazarda tutgan bölsa kerak, deb öyladim va barça ma'lumotlarni Boş qömondonga yetkazdim. Şunday qilib, jangarilar bilan olib borilgan jang uzoqqa çözilmadi. Giyohvand moddalarning yöli qirqildi. Bor gap, şu xolos. Buni qahramonlik deyiş şart emas. Mening örnimda boşqa ayol bölganda ham xuddi şunday qilgan bölardi. Vatanni asrab qoliş uçun bor bilim va salohiyatini işga solardi.
Böritoş opa hikoyasini oddiy qilib, “bor gap, şu xolos”, deb tugalladi. Töğri, bori şudir, ammo bu özbek ayolining jasorati namunasidir.