Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fridrix Ebert fondi O‘zbekiston kadrlarini o‘qitish va malakasini oshirishda ishtirok etadi
2019 yilning 19 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov O‘zbekiston va Qozog‘istondagi Fridrix Ebert fondining mintaqaviy direktori Kristof Mor bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Fondning jamoatchilik, ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ishtiroki orqali O‘zbekiston – Germaniya hamkorligi hajmlarini oshirish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.
O‘zbekistonda Fondning ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, demokratlashtirish jarayonlarini va huquqiy davlat qurishni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan sermahsul faoliyati yuqori baholanishi qayd etildi.
Uchrashuvda demokratik islohotlarni ilgari surishga yordamlashishga yo‘naltirilgan dolzarb loyihalar borasidagi Fondning takliflari ko‘rib chiqildi. Bunda Fondning O‘zbekiston kadrlarini o‘qitish va malakasini oshirishda ishtirok etishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Mavzuga oid
15:01 / 17.09.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari o‘tkaziladi
07:39 / 11.07.2025
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
20:26 / 27.09.2023