Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir sutka davomida 20ga yaqin «Tolibon» jangarisi yo‘q qilindi
Afg‘onistonning turli viloyatlarida o‘tkazilgan operatsiyalar davomida bir sutka ichida "Tolibon" harakatining kamida 18 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 10 nafar jangari G‘azni va Paktiya viloyatlarida o‘tkazilgan operatsiyalar davomida o‘ldirilgan.
Jangarilar aviazarbalar oqibatida halok bo‘lishgan. Reydlar davomida shuningdek, to‘rtta qo‘lbola portlovchi moslama zararsizlantirilgan.
Reydlar shuningdek, G‘ilmind, Qunduz, balx va Uruzg‘on viloyatlarida o‘tkazilgan. Operatsiyalar davomida jangarilarning qurol ombori, qo‘lbola portlovchi qurilmalar va 300 kg portlovchi modda yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026