O‘zbekiston | 12:33 / 22.07.2019
6118
9 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Milliy tiklanish” DP xalq ishongan partiyaga aylanishga astoydil harakat qilmoqda

19 iyul kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Samarqand shahrida joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda partiyaning Saylovoldi platformasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan debat tashkil etildi.

515db9c0dd5b16cc1505b1470418b0a9.jpg

Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a'zolari, hududiy partiya tashkilotlari vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, ekspertlar, siyosatshunos olimlar, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. 

Debat oldidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligida partiya fraksiyasi a'zolaridan iborat ishchi guruh Samarqand Temir yo‘l vokzalida sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Joriy holatni o‘rganib, sayyohlar uchun yanada qulayliklarni yaratish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdilar.

photo_2019-07-19_10-41-34.jpg

photo_2019-07-19_10-41-25.jpg

Samarqanddagi yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanayotgan hunarmand “Asadov Mansur” korxonasi faoliyati ham ishchi guruh a'zolarining e'tiboridan chetda qolmadi.Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hunarmandchilikning bu turi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Hunarmand qo‘l mehnati orqali yasalgan rang-barang mahsulotlar ko‘rinishi, sifati, bejirimligi va o‘ziga xosligi bilan barchani hayratga soldi. Hunarmand bilan kechgan ochiq muloqotda korxonaning tashkiliy-huquqiy muammolari o‘rganilib, hunarmandning sohani yanada rivojlantirish yuzasidan takliflari eshitildi.

photo_2019-07-19_11-40-56.jpg

photo_2019-07-19_11-41-10.jpg

photo_2019-07-19_11-41-00.jpg

O‘rganish doirasida ishchi guruh a'zolari Samarqand shahridagi Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalar mangu qo‘nim topgan maqbarani hamda Ashratxona me'moriy yodgorligini ham ko‘zdan kechirishdi. Madaniy meros obektlarining bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha fikrlashib olindi. Ayniqsa, xarob ahvolga kelib qolgan Ashratxona me'moriy yodgorligini kechiktirmasdan ta'mirlash, restavratsiya qilish va konservatsiyalash zarurligi bildirildi. Bu bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga taklif hamda tavsiyalar tayyorlandi.

51246a87f2426ee8fa64f91349ff7694.jpg

e6c1c350ee14d6365dcd5b4b17b7e5c3.jpg

Samarqand shahridagi zamonaviy-elektron beshiklar ishlab chiqaruvchi “Amonov Mebel Tex” korxonasidagi so‘nggi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida mahsulotlarini xorijga eksportga yo‘naltirayotgan tadbirkorning ish jarayonida energiya resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanayotgani har jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Bunday iqtisodiy tejamkor texnologiyalarni barcha tarmoqlarga keng joriy etish zarurligiga e'tibor qaratildi. 

Shundan so‘ng partiya yetakchisi bir guruh hunarmandlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot qildi.

photo_2019-07-19_13-46-18.jpg

Uchrashuvda hunarmandlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

photo_2019-07-19_13-44-14.jpg

Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-07-19_13-43-14.jpg

photo_2019-07-19_13-43-47.jpg

Kunning ikkinchi yarmida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda partiyaning saylovoldi Platformasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan debat boshlandi. Unda partiyaning bundan 5 yil muqaddam qabul qilingan Saylovoldi platformasi xususida fikr-mulohazalar bildirilib, me'yoriga yetmagan yoki Saylovoldi platformasidan chetda qolgan va bugungi kun uchun nihoyatda muhim bo‘lgan vazifalar muhokama etildi. Tadbirda partiya faollari o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollarni o‘rtaga tashladilar. 

Tadbirda ta'kidlanganidek, siyosiy partiya bu, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. Bugun yurtimizda bir nechta siyosiy kuchlarning faoliyat ko‘rsatayotgani jamiyatda sog‘lom raqabotni vujudga keltirib, ularni chinakamiga kurashga chorlamoqda.

photo_2019-07-19_14-29-25.jpg

 

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu jarayonda faol ishtirok etib, el nazarida bo‘lishga, chin ma'noda xalq ishongan partiyaga aylanishga astoydil harakat qilmoqda. Bunga erishish uchun avvalo, partiya davr shiddatiga va bugungi kun talabiga mos holda ish olib borishi lozim. Tabiiyki, siyosiy maydonda qo‘li baland bo‘lish uchun partiyaga o‘ziga xos, xalqchil, davlat va jamiyat farovonligiga xizmat qiluvchi saylovoldi Platformasi zarur bo‘ladi. 

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shu nuqtai nazardan saylovoldi Platformasini bugungi kun shiddati, saylovchilar ehtiyoji, aholi muammolarini hisobga olgan holda yangilamoqda. Buning uchun joylarda debatlar tashkil etilib, partiya a'zolarining, deputatlarning, faollarning, ekspert va mutaxassislarning takliflari olinmoqda. 
 

photo_2019-07-19_14-29-27.jpg

Debatda partiya mamlakatimizda investitsion jozibadorlik va barqarorlikni ta'minlash, davlat va jamiyat boshqaruvini liberallashtirish, siyosiy sohada innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, partiya a'zolarining mativatsiyasini ta'minlashda qanday amaliy takliflarni ilgari surmoqda? Yoshlar tarbiyasiga aslida kim mas'ul, bunda partiyaning pozitsiyasi qanaqa? Ushbu masala partiyaning yangi saylovoldi Dasturida aks etganmi? Odamlarning siyosiy partiyalarga ishonchi susayib turgan ayni paytda “Milliy tiklanish” partiyasi odamlarni partiyaga qanday qiziqtirmoqchi? Bu borada aniq strategiyalar mavjudmi? - degan bir-biridan dolzarb va keskin savollar o‘rtaga tashlandi. Partiya faollarining javoblari tinglandi.
  
Shuningdek, debatda o‘tgan yili partiya tashabbus ko‘rsatib, mamlakatimizdagi madaniy meros obektlari holatini o‘rgangani, ushbu masala bo‘yicha partiya fraksiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Madaniyat vazirining parlament eshituvi tashkil etilgani hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori qabul qilingani biroq? sohadagi kamchiliklar hali hanuz bartaraf etilmagani sabablari so‘raldi. Axloqsiz va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir etuvchi g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlarda keng ildiz otayotgan bir paytda milliy qadriyatlarimiz himoyachisi sifatida “Milliy tiklanish” partiyasi ushbu masalaga jiddiy yondoshmayotgani xususida tanqidiy fikrlar bildirildi. 

515db9c0dd5b16cc1505fsdsdfb1470418b0a9.jpg



Debatda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlashga doimiy e'tibor qaratib kelayotgan partiya lotin alifbosi masalasida tashabbus ko‘rsatmayotgani, aniq pozitsiyani bildirmayotgani ochiq munozaralarga, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bugun ta'limning lotin yozuvida, matbuotning kirill yozuvida olib borilayotgani haqiqatdan ham taajjublanarli holat ekanligi ta'kidlanib, bu masalaga partiya kelgusida qanday yechim topishi so‘raldi. 

Debatda ekspertlar partiyaning umumsiyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot va tashqi siyosat sohasida belgilab olgan muhim vazifalar ijrosi, ularni yanada chuqurlashtirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan qator savollar bilan partiya rahbarlariga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat etishib, tegishli javoblar olishdi, ularning bu boradagi qarashlari, nuqtai nazarlari bilan tanishdi.

photo_2019-07-19_14-37-42.jpg

Shuningdek, debatda savollardan tashqari partiya saylovoldi Platformasining mukammal bo‘lishini ta'minlash uchun partiya faollari, elektorati hamda ekspertlar tomonidan qator takliflar ham bildirildi. Millatimizning madaniy o‘ziga xosligini saqlashni ta'minlash, xavfsiz axborot rivoji uchun huquqiy asos yaratish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish, gender tengligini ta'minlash, ta'lim, ilm-fan taraqqiyotiga, innovatsion ishlanmalar rivojiga xizmat qiluvchi mustahkam platformalarni shakllantirishga qaratilgan maqsad va vazifalar yangi dasturlarda aniq aks ettirilishi lozimligi aytib o‘tildi. 

Tadbirda o‘rtaga tashlangan savollar, bildirilgan takliflar asosida partiya saylovoldi Platformasini yanada mukammal holga keltirish, bu kabi debatlarni boshqa hududlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi. 

O‘zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid