Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Foto: Fotolia / NicoElNino
AQSh o‘zbekistonliklar eng ko‘p ko‘chib ketayotgan davlatlar uchligiga kirdi. Davlat statistika qo‘mitasining yanvar-iyun oylari uchun ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda. Birinchi chorak natijalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
Yanvar-iyun oylarida jami 4 847 kishi boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketdi. Eng ko‘pi - Qozog‘istonga (56,3 %). Keyingi o‘rinlardan Rossiya (36,9 %), AQSh (1,2 %), Isroil (1 %) joy oldi. Boshqa mamlakatlar hissasiga qolgan 4,6 % to‘g‘ri keldi.
Xuddi shu davrda 1 361 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib keldi. Eng ko‘pi Qozog‘istondan (29,7 %). Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (24,2 %), Rossiya (22,3 %), Qirg‘iziston (14,3 %) qayd etilgan. Boshqa mamlakatlar hissasiga esa qolgan 9,5 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, yil boshidan buyon kelganlar soni 78,9 ming kishini tashkil etdi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 1,4 ming kishi), chiqib ketganlar - 82,4 ming kishi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 4,9 ming kishi).
Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishiga yetdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan minus 6,2 ming kishini tashkil etdi.
Migratsiya darajasi yuqoriligi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi) va Qoraqalpog‘istonga (minus 1,7 ming kishi) to‘g‘ri keladi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida (plyus 12,9 ming kishi) qayd etildi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026