Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
British Airways uchuvchilari 40 yil ichida ilk bor ish tashlash o‘tkazadi
Britaniya aviakompaniyalari uchuvchilari kasaba uyushmasi (British Airline Pilots Association, BALPA) British Airways kompaniyasi bilan ish haqi miqdorini oshirish bo‘yicha muzokaralar samarasiz yakunlanganidan so‘ng 93 foiz ovoz bilan ish tashlash o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Evening Standard yozmoqda.
British Airways aviakompaniyasining 90 foizga yaqin uchuvchilari kasaba uyushmasiga a'zo, shu bois ish tashlash kompaniya parvoz jadvaliga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Aviakompaniya vakillari ish tashlashni sud orqali taqiqlashni istamoqda.
BAPLA va British Airways o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan yilning noyabridan buyon davom etmoqda.
Ish tashlash muddati hozircha e'lon qilinmadi. Qonunga ko‘ra, kasaba uyushmalari ish tashlash rejasi haqida kompaniyani ikki hafta avval ogohlantirishi lozim.
British Airways xodimlari oxirgi marta 1970-yillarda ish tashlashgan. 2008 yilda uchuvchilar ish tashlash o‘tkazishga ovoz berishgan, ammo o‘shanda muammoni hal qilishga erishilgan.
Mavzuga oid
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
12:04 / 01.05.2026
Ish tashlash huquqiga nisbatan 30 yillik “qonun sukuti” tugayaptimi?
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
11:51 / 31.01.2026