«Fuqaro auksionda halol yutib chiqqan». «E-IJRO AUKSION» markazi tanqidiy maqola yuzasidan munosabat bildirdi
KUN.UZ saytida «Rishtonda auksionda mulk sotib olgan fuqaro chuv tushdi(mi?)» nomli maqola e'lon qilingan edi. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK ushbu maqolaga munosabat bildirdi.
«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi auksionlarning ochiq va shaffof muhitda, ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz o‘tkazilishi korrupsiyaga barham berishga, savdolarda fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlashga xizmat qiladi», deyiladi munosabatda.
Ma'lumot berilishicha, shu kunga qadar, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sud hujjatlarini ijro etishda 3800 ga yaqin mol-mulk muvaffaqiyatli realizatsiya qilingan.
Markaz bevosita o‘rganilgan holat bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qildi:
“2018 yil 20 fevralda Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi (davlat ijrochisi) tomonidan auksion savdosiga qo‘yilgan Rishton tumani To‘qimachi ko‘chasi 17-uy manzilida joylashgan ko‘chmas mulk onlayn-auksion savdolari yuqorida qayd etib o‘tilgan talablar asosida o‘tkazilganligini ma'lum qilamiz. Bu auksionni o‘tkazish jarayonida hech qanday kamchilikka yo‘l qo‘yilmagan. Auksionda g‘olib (insofli egallovchi) Buvojonov Soyibjon Muminovich deb topilgan va unga tegishli ravishda bayonnoma rasmiylashtirib berilgan. Fuqaro auksion savdolari orqali ko‘chmas mulkni haqqoniy, halol yutib olgan. To‘lovini to‘liq amalga oshirgan.
Qolaversa, da'vogar – “O‘zagrokimyosanoat” Farg‘ona hududiy AJ tomonidan FIB Rishton tumanlararo sudiga yozgan da'vo arizasi yuzasidan, sud auksion bayonnomasini bekor qilishida «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi tomonidan biron bir kamchilikka yo‘l qo‘yilganligi asoslantirib bermagan.
Qiziq holat. Auksion to‘g‘ri o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yerda kim aybdor? Markaz ta'kidlaganidek, hammasi qonuniy o‘tkazilgan bo‘lsa, nega fuqaro qonuniy auksionda yutib olgan mulkiga hali-hanuz ega chiqa olmayapti? Sudda “O‘zagrokimyosanoat” Farg‘ona hududiy AJ tomonidan auksion o‘tkazish bo‘yicha kamchilik asoslantirib berilmagan bo‘lsa, nima uchun sud qonuniy va insofli egallovchidan mulkni tortib olmoqda?
Ushbu holat Oliy sud tomonidan ham o‘rganilishini va bu mavzu bo‘yicha munosabat berilishini kutib qolamiz.
Mavzuga oid
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024