Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Davron Abdug‘aniyevich Azizov O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, polkovnik Umida Hazratovna Abdullayeva O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.