Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda o‘laksa go‘shtni sotgan ota-bola qo‘lga olindi
Navoiy viloyatida qassob o‘lgan hayvonlar go‘shtini barra go‘sht ko‘rinishida sotgan. Bu haqda “Navoiy-24” xabar berdi.
18 iyulda Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari o‘lgan hayvonlar go‘shtini sotgan qassob va uning o‘g‘lini ushlashdi. “Uddaburon” ota-bola “Navoiy Agro Myat” xususiy korxonasi yaqinida o‘laksa go‘shtni 1,2 mln so‘mga sotib olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.
Umumiy hisobda qassobdan 1,7 tonna go‘sht musodara qilingan. Tekshiruv vaqtida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimi 1 mln so‘mga qassobga iste'mol uchun yaroqsiz 892 kg go‘shtni sotishga tegishli ruxsatnomani rasmiylashtirib bergani aniqlangan.
Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
15:40
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026