Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bodi-kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 556-son qarori bilan ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul bo‘linmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planshetlar bilan ta'minlash 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 iyulidan Toshkent shahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida ishlatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlandi.
YPX inspektorlari haydovchi bilan muloqotga kirishganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqaruvchi tashkilotga tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.
Yana shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga YPX inspektorlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan jiletlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026