Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir kishi uchun 3700 so‘m - QVP va oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmat, dori-darmon, tibbiy buyumlar uchun ajratilgan xarajatlar
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish rejalari, hududiy shifoxonalar muammolari, bepul buyurtmalar olish tartibi" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, sohani moliyalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari haqida ma'lumot berildi.
Ta'kidlanishicha, endi tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun to‘lash tizimi joriy etiladi. Misol uchun, ilgari 100 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikaga qatnov soniga qarab mablag‘ ajratilgan. Ya'ni, shu muassasada ayni vaqtda 100 kishiga tibbiy xizmat ko‘rsatilyaptimi yoki 10 kishigami, ahamiyati yo‘q bo‘lgan, poliklinikaning qabul qilish hajmiga qarab — 100 kishiga mo‘ljal qilingan o‘sha summa ajratilavergan.
Yangi tizimda esa aholi jon boshiga qarab mablag‘ ajratiladi va poliklinika hisobida turadi.
“Sog‘liqni saqlash sohasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi muhim ahamiyatga ega, — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov. — Tibbiy xizmat, dori-darmon va tibbiy buyumlar uchun aholi jon boshiga mo‘ljallangan xarajatlarni qisqacha aytib o‘tsam. Qishloq vrachlik punktlarida bir odam uchun o‘rtacha 3700 so‘m ajratilgan. Bu ko‘rsatkichni biz barcha hududlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar uchun tenglashtirib, bir xil qilib belgiladik. Qishloq va shahar oilaviy poliklinikalarida ham bir nafar fuqaroga o‘rtacha 3700 so‘m ajratilgan. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda bir kishi uchun 4800 so‘m ajratilgan”.
Muloqot davomida tez tibbiy yordam xizmatiga doir masalalar ham muhokama qilindi.
“Tez tibbiy yordam brigadalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash qanday ahvolda? — dedi Farrux Sharipov. — Uch yil oldin bitta chaqiruvga 400-600 so‘m mablag‘ ajratilgan, hozirda bu 5800 so‘mni tashkil qilyapti”.
Mavzuga oid
13:53 / 17.12.2025
Ombudsman aralashuvi: mahkum va mahbuslarga tibbiy yordam tashkil etildi
19:05 / 21.11.2025
Rossiyada migrantlar uchun tibbiy yordam olish shartlari kuchaytiriladi
14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi
17:02 / 12.05.2025