Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptaxonalarida elektron navbatlar tashkil etilmoqda

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ tomonidan yo‘lovchilarga Toshkent markaziy hamda Toshkent janubiy temir yo‘l vokzallari chiptaxonalariga elektron navbat, monitorlar, elektron tablo ushbu o‘rnatildi. Natijada endilikda har ikkala vokzalga kelgan yo‘lovchi, elektron navbat olib, zalga o‘rnatilgan monitorlarni kuzatib turish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Navbat hamda kassa raqami monitorda ko‘rinishi bilan, chipta xarid qilish uchun o‘sha kassaga borib murojaat qilishi mumkin. Bu, birinchi galda, kassalar oldida uzundan-uzun navbatga turish va turli tushunmovchiliklarning oldini olsa, ikkinchidan, operatorlar tomonidan yo‘lovchilarga sifatli va tez xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Chiptaxona zaliga o‘rnatilgan elektron tablodan esa yo‘lovchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ veb-saytiga kirib poyezdlar harakat jadvali va boshqa ma'lumotlarni olishlari mumkin.
Yana bir muhim yangilik, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali chiptaxona zalida o‘rnatilgan katta ekranda qaysi poyezdga va qaysi vagonda chipta bor-yo‘qligi ko‘rinib turadi. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratadi.
Jamiyat tomonidan chiptaxonalarga o‘rnatilgan mazkur elektron uskunalar sinov tariqasida ishlatilmoqda. Kelajakda bunday qulayliklar respublikamiz hududlaridagi temir yo‘l vokzallarida ham joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Dunyodagi eng aqlli odam e’lon qilindi
Jahon | 18:34 / 06.10.2025
7 oktyabr voqealariga 2 yil: kim nimaga erishdi?
Jahon | 16:43 / 06.10.2025
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston | 11:00 / 06.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
Jahon | 18:21 / 05.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SMS’dan Telegram’gacha: Infobip mijozlar bilan muloqotda har bir rahbar bilishi kerak bo‘lgan asosiy tendensiyalar bilan o‘rtoqlashmoqda
O‘zbekiston | 18:00 / 08.10.2025
-
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:10 / 08.10.2025
-
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Jahon | 22:43 / 08.10.2025
-
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
Jahon | 22:20 / 08.10.2025
Mavzuga oid

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin

21:16 / 26.07.2023
Jazirama issiq tufayli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

21:35 / 11.05.2022