Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi
Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub'yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Qabul qilingan hujjat tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub'yektlariga, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekgidroenergo” kompaniyalari, “O‘zenergoinspeksiya”, Majburiy ijro byurosi va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash mo‘ljallanayotgan iste'molchilarga taalluqli.
Reglament quvvatlarni ulash, quvvatlarni ko‘payishi yoki ulanish nuqtalari o‘zgargan hollarda tatbiq etiladi. Tartib-taomil 12 ta izchil bosqich, jumladan texnik shartlarni olish, loyihalarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va kelishish, hisobga olish asboblarini bevosita ulash va plombalashdan iborat. Butun jarayon ko‘p vaqt talab etadi – loyihani ishlab chiqish muddatlari (ixtisoslashtirilgan loyiha tashkiloti bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi), ishga tushirish chizmasini tuzish va kelishish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari tamom bo‘lganidan keyin (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi) “O‘zenergoinspeksiya”ga murojaat qilishni inobatga olmaganda yarim yilni talab etadi.
Reglamentga rioya qilinishi nazorat qilinishi va elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan ulanishini ta'minlash Energetika vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va SSPga yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar:
• blok-stansiyalar shartlarida - bu iste'molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste'molchilar tarmog‘i orkali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshkaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
• hosil qilinayotgan elektr energiyaning maksimal qiymati ko‘rsatilgan holda tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yagona elektr energetikasi tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulash taqiqlanadi (“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasi).
Hujjat 22.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026