Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchisi Namangan viloyatiga bordi
Foto: «Namanganskaya pravda» gazetasi
25 iyul kuni Namangan viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rozenblyum O‘zbekiston hududlari bo‘ylab tanishuv safarlarini amalga oshirmoqda, deb xabar qiladi «Namanganskaya pravda» gazetasi.
Viloyat hokimining qayd etishicha, elchining Namanganga tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davrida doirasida ko‘ptomonlama munosabatlar va muloqotning rivojlanishi isbotidir.
AQSh elchisi, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, uning uchun mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan davrda O‘zbekistonda ishlash katta sharaf ekanini qayd etdi.
Tomonlar iqtisodiyot, investitsiya, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
«Viloyat hokimligi hududga investorlarni jalb qilish uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda. Investorlar nafaqat ma'muriy, balki soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida ham qo‘llab-quvvatlanadi», – degan Xayrullo Bozorov.
Rozenblyum respublikaning ulkan salohiyatini ta'kidlab, AQShda ko‘pchilik bundan bexabar ekanini afsus bilan e'tirof etdi.
«Biroq, biz Amerika biznesining O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirishga harakat qilamiz», – deya qo‘shimcha qilgan elchi.
Uchrashuvdan so‘ng, AQSh elchisi Amerikaning dunyoga mashhur «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD» QKga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026