Rossiyada ahamiyatga ega saytlarga xorijliklar egalik qilishini cheklash taklif qilindi

Foto: TASS
Rossiya Dumasi quyi palatasiga axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoyalash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilindi. Agarda o‘zgartirishlar qabul qilinsa, internetdagi ahamiyatga ega axborot resurslari va bu resurslar qanday talablarga mos kelishi tushunchasi paydo bo‘ladi.
Loyiha muallifi, deputat Anton Gorelkinning so‘zlariga ko‘ra, taniqli resurslar deganda Rossiyadagi foydalanuvchilar faol foydalanadigan va foydalanuvchilar haqida ma'lumot to‘playdigan ayrim servislar tushuniladi. U yoki bu saytning ahamiyatli ekanligini hukumat komissiyasi aniqlaydi.
Loyihaga ko‘ra, ahamiyatli saytning egasi faqat rossiyalik shaxs yoki Rossiya yuridik shaxsi bo‘ladi. Undagi xorij ulushi ovoz berish aksiyasining 20 foizidan oshmaydi.
Agarda bu shartga amal qilinmasa, Rossiyada bu resursning reklamasi va u ko‘rsatadigan xizmatlar taqiqlanadi.
Ahamiyatga ega saytlarning texnik vositalari va ma'lumotlar bazasi Rossiya hududida bo‘ladi. Deputat buni shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish zarurati bilan izohlamoqda.
Gap Facebook haqida bormayapti, dedi loyiha muallifi Anton Gorelkin.
«U butun dunyo bo‘yicha ishlaydigan xalqaro kompaniya. Gap strategik ahamiyatga ega, Rossiya bozriga mo‘ljallangan va bu bozorda sezilarli ulushga ega kompaniyalar haqida bormoqda. «Yandeks», Mail.Ru Group ana shunday tashkilotlar ro‘yxatiga kirishiga shubham yo‘q», — dedi Gorelkin.
«Yandeks»ning bosh kompaniyasi Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi hisoblanadi, kompaniya aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Kompaniya aksiyalar paketining 10 foizga yaqiniga egalik qiluvchi Arkadiy Voloj Rossiya va Malta fuqarosi hisoblanadi. Mail.Ru Group’ning bosh kompaniyasi Britaniyaning Virgin orollarida ro‘yxatdan o‘tgan, uning aksiyalari London birjasida sotiladi. Afrikaning Naspers va Xitoyning Tencent kompaniyalari uning asosiy aksiyadorlari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:58
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
Mavzuga oid

22:16 / 29.03.2025
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

11:03 / 29.03.2025
SSJ-100 halokati: Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi mas’uliyatni ekipajga yukladi

09:30 / 29.03.2025
Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi

08:30 / 29.03.2025