Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh Rossiya bilan dushman bo‘lishga sabab yo‘q
AQShning Rossiya bilan dushman bo‘lishiga hech qanday asos yo‘q. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp bayonot berdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Rossiya bilan til topishmaslik uchun hech qanday asos yo‘q. Bizning boshqa mamlakatlar bilan til topishmasligimizga ham hech qanday asos yo‘q», — degan Amerika yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga AQShning maxsus prokurori Robert Myuller tomonidan Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvi hamda Amerika prezidentining Rossiya tomoni bilan kelishib olganiga doir tergovi salbiy ta'sir qilgan. «Biz 2,5 yil davomida buni kuzatdik. (...) Va bu sharmandalik», — deb xulosa qilgan prezident.
Myuller hisobotiga ko‘ra, Moskva haqiqatdan ham Amerika saylov jarayoniga aralashgan, biroq mavjud shubha-gumonlar Rossiyaning Donald Tramp bilan aloqalarini tasdiqlash imkonini bermagan.
Amerika yetakchisi, shuningdek, Turkiyaning Rossiyadan S-400 ZRKni xarid qilish qarori xususida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Davlat rahbari, AQShning sanksiyalar kiritish tahdidiga qaramay S-400 xarid qilgani uchun Anqarani ayblamasligini aytdi.
«Bu murakkab vaziyat. (...) Ko‘plab holatlar va boshqa muammolar borki, ular Obama ma'muriyati davrida paydo bo‘lgan», — dedi Tramp.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
10:10
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
09:45
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
09:13